Mazkur yig‘ilishda universitet profilaktika inspektori D.Karimov, San’at va sport fakulteti dekani N.Karimov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27-yanvar kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari, joriy semestr sessiyasi yakunlari hamda guruhlar kesimida talabalar bilim darajasi va baholari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati qayta tushuntirildi, ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridan foydalanish madaniyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, kontrakt to‘lovlari, HEMIS axborot tizimidagi davomot holati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ota-onalar bilan atroflicha fikr almashildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image