wrapper

Yangiliklar

Gayrat Narzullayev

Gayrat Narzullayev

BARCHA ULGURJI SAVDONI AMALGA OSHIRUVCHI KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3237-son qarori talablaridan kelib chiqib, universitetning ma`muriy binosida joriy ta`mirlash ishlarini bajarish maqsadida qurilish va santexnika maxsulotlarini sotib olish uchun eng maqbul takliflarni tanlab olish maqsadida tanlov o’tkazilishini e`lon qiladi.

Qurilish va santexnika mollari (nomi va miqdori ilovadagi faylda)ning boshlang’ich qiymati (bozor narxlariga asosan) 16401610 (o’n olti million to’rt yuz bir ming olti yuz o’n) so’m, etkazib berish muddati 10 kun.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 10 kun muddat ichida tanlov komissiyasiga o’z takliflarini yuborishlari mumkin.

Etkazib beruvchi tashkilotga qo’yiladigan shartlar:

-         Tashkilotdan ulgurji savdoni amalga oshirish ruxsatnomasi (guvoxnoma) talab etiladi,

-         Maxsulotlar sifatli va kafolatli bulishi shart,

-         Maxsulotlar buyurtmachi manziliga etkazib berilishi shart,

Qo’shimcha ma`lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Namangan shaxri, Uychi ko’chasi, 316-uy. Telefonlar: (369) 227-01-44, 227-31-00.

Ilova

Batafsil

“Zamonaviy arxiv faoliyati dolzarb masalalari” davra suhbati

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’tetida 2016 yil 8 sentyabr’ kuni “Zamonaviy arxiv faoliyati dolzarb masalalari” mavzusida Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti arxivshunoslik yo’nalishi  2-, 3-, 4- kurs talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi Ilmiy-Texnikaviy va Tibbiyot Hujjatlari Markaziy Davlat Arxivi “Hujjatlarni jamlash idoralarga qarashli arxivlar va ish yuritish” bo’limi mudiri Muxamedova Sayyora Fatxullaevna ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tkazildi. Davra suhbatida fakul’tet dekani t.f.n., dots. N. Dexkanov, kafedra mudiri t.f.n. A. Sarimsoqov, t.f.n., dots. B.Isoqov, katta o’qituvchilar: A.To’xtaboev, B. Xalmuratov, X.Mamadaliev, o’qituvchilar SH.To’lanboev, B. Vaxobov, B. Abbosov, A.Jo’raev,  A. Mavlonovlar  ishtirok etishdi.

Dastlab fakul’tet dekani N. Dexkanov universitetdagi ta`lim tizimi, arxivshunoslik yo’nalishi haqida ma`lumotlar berib o’tdi, talabalar tomonidan qo’lga kiritilayotgan yutuqlar to’g’risida ma`lumot berdi. SHuningdek, malakali kadrlar tayyorlash jarayonida universitet bilan arxivlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida amalga oshiriladigan ishlarga ham to’xtalib o’tildi.

 

 

Tadbirda arxivshunoslik yo’nalishda ta`lim olayotgan talabalarning o’quv, ma`naviy-ma`rifiy hamda jamoat ishlaridagi faoliyatlari tahlil qilindi. SHu bilan birgalikda kelgusida hamkorlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ham belgilab olindi.

SHundan so’ng, Muxamedova Sayyora Fatxullaevna, so’zga chiqib bugungi kundagi arxivlar faoliyati masalalari, zamonaviy arxivlar faoliyatiga doir so’nggi yangiliklar yuzasidan talaba yoshlarga ma`lumotlar berib o’tdi. Davra suhbati qizg’in davom etib arxivshunoslik yo’nalish talabalari 4-kurs talabalari B. Xolbekov, M.Tojiboeva, N. Jumaev, 3-kurs B. Anvarov, D. Turg’unpo’latova, G.Nishonova talabalari, 2-kurs talabalari G.Oripjonova, M. Olimjonova, D. ergashevlar  S.F. Muxamedovaga o’zlarini sohasi bo’yicha qiziqtirgan savollari bilan murojat qilishdi.   S.F. Muxamedova yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berib o’tdi. Uchrashuv mazmunli va har tomonlama foydali bo’ldi.

 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti, Arxivshunoslik kafedrasi

 

Batafsil

Talabalik Qasamyodi

O'tib ketdi qancha davru davronlarim 

Ko'paymasdan dildagi dard armonlarim 
Bilim olay qo'ldan ketmay zamonlarim 
Sen shoshmagin talabalik oltin davrim! 
Unutmayman bu kunlarim qaytmaydi xech 
Ey do'stlarim intilaylik bo'lmasdan kech 
O'qiylik, o'rganaylik borligida bilakda kuch 
Kutib turmas talabalik oltin davr! 

 

Bugun Namangan davlat universitetining faollar zalida “Birinchi bosqich maktabi” doirasidagi tadbirlardan Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining 1-bosqich talabalarining talabalik qasamyodi bo’lib o’tdi.  Ota-onasi va ustoz murabbiylarini quvonchga to'ldirgan o'g’il-qizlarni “Talabalikka bag’ishlov qasamyodi” marosimi ham istiqlol bahsh etgan ezgu haqiqat va ajdodlarimiz armonlarini ro'yobga chiqaradigan bugunning a'nanalaridir. Tadbir fakultetning faol iste’dodli yuqori va birinchi bosqich talabalari tomonidan sahnalashtirildi. Tadbirda Universitet rektori A. Umarov, prorektorlar: A. Isoqboev, K. Boymirzaev, D. Boytillaev, M. Qodirxonov, shuningdek fakultet dekani N.Dexkanov, kafedra mudirlari, bir qator professor o‘qituvchilar, ma'naviyat bo‘limi boshlig‘i,  yoshlar ittifoqi yetakchisi, ota-onalar  va birinchi kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Isoqboyev kirish so‘zi bilan ochdi. A.Isoqboyev 1-bosqich talabalarini samimiy tabrikladi. Fakultet dekani N.Dexkanov Talabalikka qadam qo’ygan yigit-qizlarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, fakultet dekani tomonidan talabalik guvohnomlari topshirildi.

Tadbirning badiiy qismda fakultet yoi’nalishlari talabalari tayyorlangan ko’rinishlar, yoshlarga mos qo’shiq va raqslar taqdim etildi.

Tadbir so’ngida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga qarata aytilgan nutqining eshittirilishi bilan universitetning barcha talabalariga faqat oldinga qarab olg’a borish, bildirilgan ishonchni munosib ravishda oqlashga yana bir karra da’vat etildi.

Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar hamda  she'rlarga boy bo‘ldi. Tadbirning badiiy qismida fakultetimizning "Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari yig’ilganlarga yana bir bor ko’tarinki kayfiyat ulashdilar. Ko’tarinki kayfiyat ulashgan ushhbu tadbir  talabalarning xotirasida bir umrga yodda saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Tadbir davomida bir qator talabalarni dil izhorlarini yozib oldik.

 

1-bosqich talabalaridan eksklyuziv intervyular

-Baxrom Xakimov: Men Xakimov Baxrom- Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo'nalishiga davlat grandti asosida o'qishga qabul qilinganman. Hayotimdagi uzoq kutilgan va unitilmas kunlar bo'lib o'tdi. O'tgan qisqa davr mobaynida avvalo "Xotira" va "Mustaqillik" darslarida bizga yuqori malaka va salohiyatga ega pedagoklar mazmunli maruzalar qilishdi. Men va kursdoshlarim nomidan Universitet rahbariyati Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti professor-o'qituvchilar jamoasiga samimiy minatdorchilik bildiraman. Biz talabalar albatta o'z sohamizni munosib mutaxassisi bo'lishga, o'qib o'rganishga, yuqori marralarni egallashga va jamoat ishlarida faollik ko'rsatishga vada beramiz.

-Toshtemirov Akmal: O’tgan bir hafta davomida hoyotimdagi eng baxtli kunlar bo’lib o’tdi. Shunday baxtga muyassar bo’lganimdan hursandman. Men avvalo, ota-onamga, ustozlarimga katta rahmat aytmoqchiman.

-To’ychiboyeva Gulchexra: Talaba bo’lganimda, xuddi bir yil oldin "yiqilganimda"  qanday yig’lagan bo’lsam, universitet talabasi bo’lganimda…. Buni tan olishdan uyalmayman!

-Ergashev Madamin: 1-bosqich talabalar qasamyodini men bunday tarza tashkil etiladi deb o’ylamagandim. Yuqori saviyada tashkil etilgan. Tadbirdagi tengdoshlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar vatanparvarlik va fidoiylik hissini berdi.

 

Ijtimoi-iqtisodiy fakultet dekani- Dexkanov Narimon Burxonjonovich

Batafsil

“Birinchi bosqich maktabi” shiori ostida o’tkazilgan birinchi bosqich talabalarini Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti rahbariyati va professor-o’qituvchilari bilan tanishtiruv tadbiri

2017 yil 5 sentyabr kuni fakultetning 2017-2018 o‘quv yili uchun fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi tadbirlari doirasida 1-kurs talabalarini universitetdagi mavjud shart-sharoitlari va raxbariyati bilan tanishtirish shuningdek, “Birinchi kurs maktabi” tadbiri va shu bilan birga universitetning “Odob-ahloq qoidalari” bilan tanishtiruv bo‘lib o‘tdi.

Kasb ta’limi iqtisodiyot, Ijtimoiy-madaniy faoliyt, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi va Tarix yo’nalishiga birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni fakultet dekani va rahbariyat tominidan tabriklanildi.

Tadbirni yangi o‘quv yilining boshlanishi, 1-kurs talabalarini talabalik safiga qabul qilinishlari munosabati bilan tabrik so‘zlari bilan fakultet dekani t.f.n., dots. N.Dexkanov ochib berdi. N.Dexkanov tadbir ishtirokchilari bilan birma bir tanishtirib o‘tdi. Tadbirni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari R.Imomov davom ettirdi. So‘z navbatida R.Imomov 1-kurs talabalarini talabalikning ilk davri bilan tabriklab, universitetda me'yoriy hujjatlar asosida belgilangan ichki tartib qoidalar, intizom, talabalik madaniyati: “Odob-ahloq qoidalari”i to‘g‘risidagi eslatma xususida batafsil to‘xtab o‘tdi. Unga ko‘ra universitetning “Odob-ahloq qoidalari” matnining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, qonunlar, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli buyruqlari, OTMning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume'tirof etilgan ma'naviy va axloqiy tamoyillar asosida yaratilgani aytib o‘tildi.

Shuningdek fakultet dekani o‘quv yili davomida “Qoidalar”ga to‘la rioya qilgan, OTMda yuksak ma'naviy–axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan talabalarni OTM ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish va aks holda intizomiy choralar ko‘rish holatlari kabi tartib qoidalar bilan batafsil tanishtirib o‘tdi va kelgusida talabalardan OTM “Odob-ahloq qoidalari”da belgilangan talablarga qat'iy rioya etishlarini so‘radi.

&nbsp  

 

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani – tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Dexkanov Narimon Burxonjonovich

 

Batafsil

“Xush kelding, Navro’zi olam”

 

2017 yil 23 mart kuni Namangan davlat universitetida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida” 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2801-son Qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 3 martdagi 119- sonli buyrug’i ijrosini  ta’minlash maqsadida  Namangan davlat universitetida  “Xush kelding, Navro’zi olam” shiori Navro’z sayli o’tkazildi.

Saylda dastlab universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda saylni baholash uchun taklif etilgan Hakamlar hay’ati a’zolari Filologiya fakultetida tashkil etilgan bayram sayliga tashrif buyurdilar. Filologiya fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan Surxondaryo-Qashqadaryo viloyatlarining milliy folklor chiqishlarini boshladilar. Tadbirda universitet  rektori A.Umarov fakultet professor-o’qituvchilari va talabalarini bayram bilan tabrikladi. So’ng universitet rektori A.Umarov va  Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaevlar Filologiya fakultetida uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh faxriylarni bayram tabriknomalari bilan qutlab, tashakkurnomalarni topshirdilar. Filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan Surxondaryo-Qashqadaryo viloyatlarining milliy folklor chiqishlari bayram ishtirokchilari qalblarini quvonchga to’ldirdi. Ayniqsa surxoncha raqslar, milliy urf-odatlar ko’rinishidagi sahna ko’rinishlari saylni yanada ko’tarinki o’tishida muhim omil bo’ldi.

Universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda saylni baholash uchun taklif etilgan Hakamlar hay’ati a’zolari shundan so’ng universitetning Tabiiy fanlar fakultetiga tashrif buyudilar. Tabiiy fanlar fakultetida ham universitet rektori A.Umarov bayram bilan barchani tabriklab, fakultetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh faxriylarni bayram tabriknomalari bilan qutlab, tashakkurnomalar taqdim etdi. So’ng Tabiiy fanlar fakulteti talabalarining Toshkent-Farg’ona milliy folklor yo’nalishi bo’yicha chiqishlari namoyish etildi. Mazkur yo’nalish bo’yicha talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturida milliy kuy qo’shiqlar, askiya-payrov, sahna ko’rinishlari yig’ilganlarni xushnud etdi.

 

Shundan so’ng universitet rahbariyati va mehmonlar universitetning Fizika-matematika fakulteti  tomonidan  tayyorlangan bayram sayliga tashrif buyurdilar. Univer­sitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaevlar fakultet jamoasini bayram bilan tabriklab, fakultetda uzoq yillar mehnat qilgan bir guruh professor-o’qituvchi­larga bayram tabriknoma­larini taqdim etdilar. So’ng Fizika-matematika fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan Buxoro viloyatining milliy folklor chiqishlari namoyish etildi. Mazkur milliy folklor chiqishlari bayram ishtirokchilari tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Shundan so’ng universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev, sohalar bo’yicha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda saylni baholash uchun taklif etilgan Hakamlar hay’ati universitetning Pedagogika fakultetiga tashrif buyudilar. Pedagogika fakul­tetida fakultet dekani va fakultetning professor-o’qituvchilari qoraqalpoq milliy folklor yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan o’tov atrofida bayram saylni davom ettirdilar. Bayram dasturida universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaevlar Pedagogika fakulteti jamoasini bayram bilan tabriklab, fakultetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan professor-o’qituvchilarga bayram tabriknomalarini taqdim etdilar. Ayniqsa fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan Qoraqalpog’iston milliy taomlar ko’rgazmasi barchaning e’tirofiga sabab bo’ldi.

Shundan so’ng, Jismoniy-madaniyat fakulteti jamoasi tomonidan tayyorlangan Samarqand viloyatining milliy folklor ko’rinishlari tayyorlangan  saylgohga universitet rahbariyatining tashrifi bo’ldi. Mazkur fakultetda ham universiteti rektori A.Umarov va Faxriylar kengashi raisi T.Fayzul­laevlar fakultet jamoasini bayram bilan tabriklab, bir guruh mehnat faxriylariga bayram qutlovlarini taqdim etdilar. Saylda Samarqand viloyatining milliy folk­lori bo’yicha chiqishlar namoyish etilar ekan, ayniqsa fakultet talabalari tomoni­dan tayyorlangan samarqancha “kelin salom” maromiga etkazib ijro etildi. Kelin va kuyovning samarqandcha milliy kiyimlari barchani ko’ngliga iliqlik olib keldi.

So’ng universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda saylni baholash uchun taklif etilgan Hakamlar xay’ati a’zolari universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tomon yo’l oldilar. Fakultet saylgohida fakultet dekani N.Dexqonov va fakultet jamosi mehmonlarni  hamisha navqiron va ko’hna Xorazm vohasining milliy folklor yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan saylgohda kutib oldilar.  Tadbirni  universitet rektori A.Umarov hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dehqonov tabrik so’zi bilan ochib berdilar. Universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida uzoq yillar samarali mehnat qilgan fakultetning bir guruh professor-o’qituvchilariga bayram tabriknomalarini taqdim etdilar. So’ng saylda Xorazm vohasining milliy folklor yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan chiqishlari fakultet talabalari tomonidan mohironalik bilan ijro etildi. Mazkur fakultet tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri barcha ishtirokchilarning olqishlariga sabab bo’ldi.

Shuning bilan saylning fakultetlarda o’tkazilgan birinchi qismi nihoyasiga etdi.

Saylning ikkinchi qismi universitet Talabalar turar joyida davom etdi. Dastlab Talabalar turar joyida fakultet talabalari  ishtirokida  milliy sport turlari bo’yicha musobaqa  o’tkazildi. Sport turlaridan arqon tortish, tosh ko’tarish, milliy kurash bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Musobaqalarga fakultetlardan har bir sport turi bo’yicha  talabalar  ishtirok  etdilar. Dastlab arqon tortish bo’yicha har bir fakultetdan 5 nafardan talabalar maydon markaziga taklif etildi. Qur’a tashlash bo’yicha jamoalar belgilab olindi. Arqon tortish musobaqasida bellashuvlardan so’ng fahrli 1-o’rinni Pedagogika fakulteti talabalari, ikkinchi o’rinni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari hamda uchinchi o’rinni Tabiiy fanlar fakulteti talabalari qo’lga kiritdilar. Musobaqa ishtirokchilari universitet rektorining faxriy yorliqlari va  bayram sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

Musobaqa maydoniga 24 kg tosh olib chiqildi. Mazkur tosh ko’tarish musobaqasida har bir fakultetdan 1 nafardan ishtirokchi ochiq maydonda tosh ko’tarish musobaqasida ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra tosh ko’tarish musobaqasida 24 kg toshni 23 marotaba ko’tarib faxrli birinchi o’rinni Pedagogika fakulteti talabasi Muhammadali Komilov egalladi. Ikkinchi o’rinni toshni 21 marotaba ko’tarib,  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Jo’razoda Faxriddin  egallagan bo’lsa, mazkur 24 kg lik toshni 19 marotaba ko’tarib faxrli uchinchi o’ringa Fizika-matematika  fakulteti talabasi Xudoyorxon Nurmatov egalladi. Musobaqa ishtirokchilari ham universitet rektorining faxriy yorliqlari va bayram sovg’alarini qo’lga kiritdilar.

Shundan so’ng saylda “Milliy raqslar” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda har bir fakultetdan 1 nafar ishtirokchi qatnashdi. “Milliy raqslar” tanlovida Filologiya fakulteti talabasi Saida To’raboeva “Onamga”, Pedagogika fakulteti talabasi Jumagul Sherqulova “Mustahzod”,  Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabasi Shahnoza Xudayberganova, Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Maftuna Soatalieva, Fizika-matematika fakulteti talabasi Aziza Ismoilovalar “Tanovar” raqsini ijro etdilar. Jismoniy-madaniyat fakulteti talabasi Gulnoza Azimova “Qo’g’irchoq” raqsini ijro etib barchani xayratga soldi. Hakamlar xay’atining qaroriga ko’ra “Milliy raqslar” tanlovida faxrli birinchi o’rin “Mustahzod” raqsi uchun Pedagogika fakulteti talabasi Jumagul Sherqulova nasib etdi. Ikkinchi o’ringa munosib deb Jismoniy-madaniyat fakulteti talabasi Gulnoza Azimova “Qo’g’irchoq” raqsi topildi. Tanlovda uchinchi o’ringa Filologiya fakulteti talabasi Saida To’raboeva loyiq deb topildi. Tanlov ishtirokchilari ham universitet rektorining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

Shundan so’ng “Talabalar turar” joyida  Navro’z va bahorga bag’ishlangan ijodiy ishlar ko’rgazmasi o’tkazildi.  Ko’rgazmaga fakultetlar talabalari tomonidan  tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi.

Saylning eng qiziqarli va ko’pchilik e’tirofiga sazovor bo’lgan xayajonli tanlovi  fakultetlar talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Palovlar musobaqasi” bo’ldi. Tanlovda har ishtirokchi 5 kg miqdorda  palov tayyorladi. Ishtirokchi oshpazlarga  universitet rektori A.Umarov, Faxriylar kengashi raisi T.Fayzullaev oq fotixa berdilar. Oshpazlar barchani ko’z oldida ishga kirishdilar. Bir-biridan chaqqon, pazzanda talabalar birin ketin masalliqlarni tayyorlab palovlarni tayyorladilar. Palovlar tayyor bo’lgandan so’ng Hakamlar xay’atiga taqdim etdilar. Hakamlar hay’ati “Palovlar musobaqasi”  ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan palovlarga baho berib tanlov xulosasini taqdim etdilar. Hakamlar hay’atiga qaroriga ko’ra o’tkazilgan “Palovlar musobaqasi”da fahrli birinchi o’rinni  Pedagogika fakulteti talabasi Bekzod Siddiqov egalladi. Ikkinchi o’rin esa Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Madamin Rahmonalievga nasib qildi. Uchinchi o’rinni esa  Fizika-matematika fakulteti talabasi Islombek Egamberdiev egalladi. Tanlov g’oliblari va ishtirokchilari  universitet rektorining faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Talaba oshpazlar tomonidan tayyorlangan palovlar Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga tarqatildi.

Saylda o’zbek milliy kurashi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar juda katta va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Mazkur bellashuvda o’zbek milliy kurashi bo’yicha tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Tohirjon Yo’ldoshev mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi.

  Sayl so’ngida Namangan davlat universitetida “Xush kelding, Navro’zi olam” shiori ostida o’tkazilgan bayram tadbiri ishtirokchilari va tashkilotchilarni turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi o’tkazildi. Unga ko’ra, “Eng yaxshi milliy liboslar” nominatsiyasi g’olibi deb universitetning Filologiya fakulteti jamoasi topildi. “Eng yaxshi devoriy gazeta” nominatsiyasi g’olibi sifatida Fizika-matematika fakulteti jamoasi topilgan bo’lsa, “Eng yaxshi milliy taomlar” nominatsiyasida Pedagogika fakulteti jamoasi g’olib bo’ldi. Saylning “Eng yaxshi milliy urf-odatlar va milliy qadriyatlarni tarannnum etgani uchun” nominatsiyasi g’olibi deb Tabiiy fanlar va Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi topildi. “Xush kelding, Navro’zi olam” shiori ostida o’tkazilgan bayram tadbirida “Eng yaxshi milliy folklor chiqishlar” nominatsiyasida esa universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti jamoasi Xorazm vohasining milliy folklor chiqishlari bilan g’olib deb e’lon qilindi. Bayram ishtirokchilari va talabalar diplom va bayram sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Atamirzaev

 

Batafsil

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.