wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 28 Dekabr 2015 05:00

OTMga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar ro`yxati

Joylashtirdi: 

Bakalavr ta'lim yo'nalishlariga

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta‘lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyent oliy ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta ta‘lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

- 086-U — shakl bo‘yicha tibbiy ma‘lumotnoma; pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun);

- Rektor nomiga ariza ;

- tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;

- abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Magistratura mutaxassisligiga

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta‘lim muassasasi rektori nomiga ariza;

- oliy ma‘lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

- chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda

- 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

- 086-U — shakldagi tibbiy ma‘lumotnoma;

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma‘lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta‘lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ta‘lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

- oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma‘lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta‘lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

- № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma‘lumotnoma;

- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

DIQQAT!

Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta‘lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Manbaa: edu.uz

O'qilgan: 3701 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.