wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 00:00

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi

Bo'lim boshlig'i - Qarabaev Jamshid Rustamovich

Manzil: Manzil: Namangan.sh., Uychi ko`cha, 316 uy.

Tel: 8 (369) 227-21-05

Pochta indeksi: 716019

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6 sonli topshirig’i, O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi 02-06/592-sonli, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2011 yil 26 fevraldagi № 84-04-99 sonli hamda 2011 yil 18 martdagi № 87-04-133 sonli “Ayrim shtat birliklarini joriy etish to`g’risida”gi modemnomalariga asosan Namangan davlat universitetida 2011 yil 19 martdan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi”tashkil etilgan.

 

Bugungi kunda Namangan davlat universiteti qoshidagi 3 ta akademik litsey hamda OO`MTVgi tomonidan biriktirilgan 35 ta kasb-hunar kollejlari bilan o`zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shahar va tumanlardagi biriktirilgan barcha AL va KHKlarida universitetdagi mavjud kafedralarning filiallari tashkil etilgan. Mazkur AL va KHKlariga malakali professor-o`qituvchilar jalb etilgan va kafedra filiali mudiri etib tayinlangan.

 

Mazkur o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`limning uzviyligi va uzluksizligini ta`minlashga qaratilgan hamkorlik ishlari quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

- NamDU qoshidagi akademik litseylar bilan hamkorlik;

- shartnoma asosida kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik;

- O`MKHTM o`qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

 

Bo`limning asosiy vazifalari:

-O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at qarorlari, buyruqlari, modemogrammalari, yo`riq xatlari, telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish;

-hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining murojaatlari asosida universitet professor-o`qituvchilarini o`rindoshlik asosida jalb qilish;

-universitet axborot resurs markazida mavjud bo`lgan an`anaviy va elektron o`quv adabiyotlaridan hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining pedagog-o`qituvchilarining foydalanishlari uchun sharoitlar yaratib berish;

-hamkor akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushirish, yangi laboratoriya ishlarini yo`lga qo`yish va o`quv jarayoniga joriy etishda amaliy yordam ko`rsatish;

-akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan rasmiylashtirilgan hamkorlik shartnomalari ijrosini nazorat qilish;

 

Bolim xodimlari tarkibi:

Hozirgi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limida2 nafar xodim ish yuritib kelmoqda.

1. Qarabayev Jamshid Rustamovich – bo`lim boshlig’i

2. Mo`minov Qodirjon Turg’unovich – bo`lim uslubchisi

 

O'qilgan: 3198 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 22 Yanvar 2016 10:03

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.