wrapper

Yangiliklar

Juma, 26 Fevral 2016 00:00

Universitet rahbar xodimlari tomonidan Namangan shahar Yuridik kollejining faoliyati o’rganildi.

Joylashtirdi: 

Bugungi kunda oliy va o’rta maxsus kasb–hunar tahlimi muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 24 fevral kuni Namangan davlat universiteti rektori A. Umarov Namangan shahar yuridik kollejiga tashrif buyurdi. U yerda o’quv ishlari, kollej o’qituvchilarining dars jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kollej hududidagi obodonlashtirish ishlari, o’quvchilarning darslarga qatnashishi, kollej bitiruvchilarining to’rt tomonlama shartnomasining bajarilish holati bilan tanishildi. Tashrif davomida kollejda universitet yordami bilan tashkil etilgan “Sud zali” va “Kriminalistika” xonasi ko’zdan kechirildi. Axborot resurs markazi va to’garaklar faoliyati o’rganildi.

 Hozirgi kunda kollejda jami 2376 nafar (shundan 726 nafar qizlar) o’quvchilar tahsil olmoqda. Muntazam darslarga qatnashmayotgan o’quvchilar mavjud emas. Diniy oqimga moyil o’quvchilar yo’q. 2014/2015 o’quv yilida 869 nafar bitiruvchilar bandligi 100% taminlangan. 2015/2016 o’quv yilida 869 nafar bitiruvchilardan 645 nafari ishga joylashish bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, bitiruvchilar, ish beruvchilar va hokimliklar o’rtasidagi to’rt tomonlama shartnomalarni 74,2 %ga  imzolaganlar.

Shuningdek, kollej o’quvchilari bilan suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning mohiyati, bugunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning o’rni, O’zbekiston va jahonda sodir bo’layotgan voqealarga o’quvchilarning munosabati va kasbga yo’naltirish ishlarining borishi bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

Namangan shahar Yuridik kollejiga Namangan davlat universiteti bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik bo’yicha o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish, universitet professor – o’qituvchilari tomonidan “ochiq dars”lar tashkil etish, fizika va kimyo fanlaridan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda yordam ko’rsatish, elektron adabiyotlar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda.

Kollejda o’tkazilgan mazkur tadbirda NamDU akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori K.Boymirzayev, kollej direktori Z.Abdullayev, O’IBDO’ A.Redjapov, MMIBDO’ B.Mo’ydinov hamda Namangan shahar Yuridik kolleji filial mudiri, NamDU Arxivshunoslik kafedrasi katta o’qituvchisi A.To’xtabayevlar ishtirok etishdi.

O'qilgan: 362 marta So'ngi o'zgartirish: Juma, 26 Fevral 2016 17:20

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.