wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 17 Mart 2016 00:00

Namangan davlat universiteti vа To’rаqo’rg’оn kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri vа sеrvis kаsb-hunаr kоllеji bilаn hаmkоrlikdа “Assalom Navro’z” nomli bayram tadbiri o’tkаzildi

Joylashtirdi: 

2016 yil 17 mart kuni soat 10:00 dа NаmDU rаhbаriyati vа Musiqiy tа’lim kаfеdrаsi tomonidan To’raqo’rg’on kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida 21 – mart umumxalq Navro’z bayrami munosabati bilan “Assalom Navro’z” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbirida kollejning o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Toshtemirova, NamDU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov, Ekologiya kafedrasi filial mudiri A.Ahmedov, Musiqiy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N.Abdullaev, NamDU Musiqiy ta’lim yo’nalishi 1-2-bosqich talabalari, kollejning pedagog-xodimlari hamda 200 nafar o’quvchilar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida universitetning Musiqiy ta’lim yo’nalishi 1-2-bosqich talabalari tomonidan Navro’z bayramiga bag’ishlab “Navro’z”, “Bahor”, “Begoyim”, “Olma-olma”, “Tasavvur qil”, “Oshiq-moshiq”, “Adashdim” nomli qo’shiqlar kuylandi.

Tadbir yakunida NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov so’zga chiqib kollejning barcha pedagog-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va o’quvchilarini Navro’z bayrami bilan muborakbod etib, kollejda faoliyat ko’rsatayotgan 2 nafar o’qituvchi va tahsil olayotgan 5 nafar o’quvchilarni Namangan davlat universiteti nomidan fahriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Kollejning o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Toshtemirova tadbir so’ngida bunday tadbirlar kollejda yana o’tkazilishi hamda NamDU bilan doimiy hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilishini aytib o’tdi.

AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov

O'qilgan: 274 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.