wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 22 Mart 2016 00:00

Namangan davlat universiteti va Chust ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda bayram tadbiri o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 18 mart kuni soat 12:00da 21 – mart Navro’z bayrami munosabati bilan NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi va Musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Chust ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbirida kollej direktori Q.Yusupov, kollejning mahnaviy-mahrifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Abdurahimov, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari SH.Abdurahimov, NamDU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov, Musiqiy ta’lim kafedrasi mudiri O.Azizov, Tarix fanlari kafedrasi filial mudiri X.Boymirzaev, Tarix kafedrasi o’qituvchisi E.Kenjayev, NamDU Musiqiy ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 113-guruh talabalaridan S.Saydaliyeva, SH.Jo’nashev, S.Nosiraliyev, SH.Erkinova, Yu.Ahmadqulova, 213-guruh talabasi I.Daminovlar hamda kollejning pedagog-xodimlari va 300 nafar o’quvchilari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Navro’z bayramiga bag’ishlab Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalaridan “Navro’z”, “Begoyimlar”, “Olma”, “Men izlagan gul”, “SHoyi ro’mol”, “Galdir” terma qo’shiqlari, “Oshiq-moshiq”, “Boqma” nomli qo’shiqlar kuylandi. 

Tadbirda NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov so’zga chiqib kollejning barcha pedagog-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va o’quvchilarini Navro’z bayrami bilan muborakbod etib, kollejda faoliyat ko’rsatayotgan 4 nafar pedagog-o’qituvchilar va 3 nafar o’quvchilarini Namangan davlat universiteti nomidan muborakbod etib, fahriy yorliqlar topshirildi. Bayram ko’tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbir yakunida kollej direktori Q.Yusupov Namangan davlat universiteti jamoasiga tashrifi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi. SHu bilan birga bunday tadbirlar doimo davom etishi hamda hamkorlik aloqalari yanada mustahkam bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov

O'qilgan: 463 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.