wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Mart 2016 00:00

“O’zbekiston milliy xavfsizligiga tahdidlar va ularning ko’rinishlari” mavzusida ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy tadbir o’tkazildi

Joylashtirdi: 

2016 yil 25 mart kuni Namangan sanoat kasb-hunar kollejining faollar zalida “O’zbekiston milliy xavfsizligiga tahdidlar va ularning ko’rinishlari” mavzusida ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda kollejning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Lutfetdinov, Namangan viloyati Ma`naviyat va ma`rifat hududiy kengashi jamoatchilik targ’ibot guruhi rahbari, Namangan shahar Ma`naviyat va ma`rifat kengashi a`zosi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi, Namangan davlat universiteti dotsenti, “Axborot guruhi” rahbari B.R.Isoqov, NamDU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov, Nemis va frantsuz tillari kafedrasi filial mudiri S.Dadaboev, Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha bo’lim mudiri A.Mirzanazarova, kollejning 15 nafar pedagog-o’qituvchilar hamda 200 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari SH.Lutfetdinov olib bordi. Tadbir ishtirokchilarini kollej o’quvchilariga birma-bir tanishtirib, so’z navbatini Namangan viloyati Ma`naviyat va ma`rifat hududiy kengashi jamoatchilik targ’ibot guruhi rahbari, Namangan shahar Ma`naviyat va ma`rifat kengashi a`zosi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi, Namangan davlat universiteti dotsenti, “Axborot guruhi” rahbari B.R.Isoqovga berildi.

B.Isoqov o’z so’zida Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi chog’ida Namangan ahliga bildirgan fikrlari, xukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar to’g’risida aytib o’tdi. Dunyoda ro’y berayotgan voqea-hodisalar, milliy g’oya tushunchasi, turli oqimlar, yot g’oyalar, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va boshqa salbiy illatlar to’g’risidagi fikrlarini bildirdi. Yoshlarni ogoh bo’lishlariga har kimga ham ishonvermaslikka, hushyor bo’lishga, yaxshi o’qib bilim olishlariga hamda davlat xavfsizligini ta`minlashda albatta o’z xissalarini qo’shishga chaqirdi. Kundalik hayotdagi ro’y berayotgan voqealardan misol keltirgan holda tadbirni mazmunli tashkil etilishi, kollej o’quvchilarini mavzuga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

Tadbir so’ngida kollejning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari SH.Lutfetdinov ishtirokchilarga o’zining minnatdorchiligini bildirib, bunday tadbirlar hamda NamDU bilan hamkorlik aloqalari muntazam davom etishini aytib o’tdi.

Tayyorladi: Q.Mo’minov
 

O'qilgan: 382 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.