wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Mart 2016 00:00

Namangan ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kollejida “Navro’z” umumxalq bayrami NamDU bilan hamkorlikda munosib nishonlandi.

Joylashtirdi: 

2016 yilning 19 mart kuni Namangan ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kollejida NamDU Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi bilan hamkorlikda “Navro’z” umumxalq bayrami nishonlandi.

Bayramni kollej direktori Sh.Mamajonova o’z tabrik so’zi bilan ochib berdi. Sh.Mamajonova o’z nutqida “Navro’z” bayramining ildizi juda uzoq va qadim zamonlarga borib taqalishi, hamda mustaqillikdan so’ng qadr topgan milliy qadriyatlarimizdan biri ekanligini ta’kidladi va bayramga tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy tabrikladi.

Bayram tadbirida Namangan davlat universiteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasidan biriktirilgan katta o’qituvchi A.Abdullayev hamda kafedra o’qituvchisi A.Qambarovlar qatnashishdi. Tadbir davomida katta o’qituvchi A.Abdullayev so’zga chiqib, kollej jamoasi va talabalarini bayram bilan tabrikladi va o’zining mehnatsevarligi hamda tashabbuskorligi bilan kollej jamoasiga namuna bo’lib kelayotgan to’rt nafar o’qituvchiga Namangan davlat universiteti rektori A.Umarovning faxriy yorlig’ini topshirdi.

Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi. Unda kollej talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Badiiy dastur davomida milliy o’yinlar bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. Tadbir davomida kollejdagi “Mohir qo’llar” to’garagi a’zolarining bo’sh vaqtlarida tayyorlagan ishlaridan namunalari namoyishi bo’lib o’tdi.

Tayyorladi: Q.Mo’minov
 

O'qilgan: 322 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.