wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 05 Aprel 2016 00:00

NamDU qoshidagi 3-son Chortoq akademik litseyda “Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida tadbir o’tkazildi

Joylashtirdi: 

1 aprel kuni soat 14:00da ham NamDU qoshidagi 3-son Chortoq akademik litseyining faollar zalida “Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbirda akademik litsey psixologi A.Rahmatov, Namangan viloyati Ma`naviyat va ma`rifat hududiy kengashi jamoatchilik targ’ibot guruhi rahbari, Namangan shahar Ma`naviyat va ma`rifat kengashi a`zosi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi, Namangan davlat universiteti dotsenti, “Axborot guruhi” rahbari B.R.Isoqov, NamDU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov, akademik litseyning 10 nafar pedagog-o’qituvchilari hamda 140 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirni akademik litseyning psixologi A.Rahmatov olib bordi. Tadbir davomida NamDU dotsenti, “Axborot guruhi” rahbari B.R.Isoqov so’zga chiqdi.

Tadbirda yoshlar o’rtasida sog’lom muhitni shakllantirish, hozirgi kunda yaratilayotgan sharoitlar hamda Prezidentimizni yoshlarga bo’lgan ishonchi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. Shuningdek B.Isoqov o’z so’zida kadrlar salohiyatini shakllantirish va mustahkamlash, yoshlarni parvarish qilish ¬darajasi va sifatini oshirish, oilada sog’lom ma`naviy muhit ¬yaratish, yoshlarni jismonan ¬sog’lom va intellektual rivojlangan etib tarbiyalash, ularning ¬akademik litsey va kasb-hunar ¬kollejlarida ta`lim olishi, sport bilan muntazam shug’ullanishini ¬ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Shuningdek o’quvchilarni kiyinish va salomlashish madaniyati, bir-birlariga mehr-oqibatli, inoq va do’stona munosabatda bo’lishlari kerakligi tushuntirildi. Bugungi kunda xalqimizning jismoniy ¬sog’lomligi va ma`naviy kamolotini yanada mustahkamlash, hech shubhasiz, bizning mana shunday o’ta muhim vazifalarni qay darajada amalga oshirishimizga bevosita ¬bog’liq bo’lib, barchamiz bu ezgu ishda o’zimizni ayamasdan, faol qatnashamiz, degan fikrlar bilan o’zining ma`ruzasini yakunladi.

Tadbir qiziqarli va sermazmunli tashkil qilindi. Tadbir so’ngida A.Rahmatov ishtirokchilarga va NamDU mehnat jamoasiga o’zining minnatdorchiligini bildirdi.

O'qilgan: 1112 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.