wrapper

Yangiliklar

Juma, 15 Aprel 2016 00:00

Namangan shahar Milliy hunarmandchilik va xizmat ko`rsatish kollejida “Yoshlar ma`naviy tarbiyasining dolzarb masalalari” mavzusida tadbir o`tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 14 aprel kuni soat 14:00da NamDU jamoasi bilan hamkorlikda Namangan shahar milliy hunarmandchilik va xizmat ko`rsatish kollejining faollar zalida “Yoshlar ma`naviy tarbiyasining dolzarb masalalari” mavzusida tadbir o`tkazildi.

Tadbirda kollejning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari R.Murodov, NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti V.Azizov, Pedagogika fakul’tetining o`quv ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari U.To`raxanov, O`zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o`qituvchisi B.Ataxanov, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bO`limi uslubchisi Q.Mo`minov, Musiqiy ta`lim kafedrasi o`qituvchisi N.Abdullaev, kollejning 20 nafar pedagog-o`qituvchilari hamda 110 nafar o`quvchilar ishtirok etdi. Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad kollej o`quvchi-yoshlari ongida sog’lom muhitni, ma`naviy tarbiyani shakllantirish hamda hozirgi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar to`g’risida yoshlarga etkazish.

Tadbir davomida NamDU O`zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o`qituvchisi B.Ataxanov so`zga chiqdi. U o`zining “Yoshlar ma`naviy tarbiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi ma`ruzasida hozirda yoshlar tomonidan internetdan foydalanish holatlari va ba`zi hollarda noto`g’ri foydalanish orqali ularning ongini zaharlanishi, ma`naviyatiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi haqida to`htalib o`tildi. Bundan tashqari Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi chog’ida Namangan ahliga bildirgan fikrlari, xukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar to`g’risida aytib o`tdi. Dunyoda ro`y berayotgan voqea-hodisalar, milliy g’oya tushunchasi, turli oqimlar, yot g’oyalar, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va boshqa salbiy illatlar to`g’risidagi fikrlarini bildirdi. Yoshlarni ogoh bo`lishlariga har kimga ham ishonvermaslikka, hushyor bo`lishga, yaxshi o`qib bilim olishlariga hamda davlat xavfsizligini ta`minlashda albatta o`z xissalarini qo`shishga chaqirdi. Kundalik hayotdagi ro`y berayotgan voqealardan misol keltirgan holda tadbirni mazmunli tashkil etilishi, kollej o`quvchilarini mavzuga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

Tadbirni yanada qiziqarli va ko`tarinki ruhda o`tishini ta`minlash maqsadida NamDU musiqiy ta`lim yo`nalishining 2-bosqich talabalari tomonidan turli qo`shiqlar kuylandi. Tadbir barchada yaxshi kayfiyat uyg’otdi.

O'qilgan: 373 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.