wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 28 Aprel 2016 00:00

“Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish muammolari”

Joylashtirdi: 

Chust qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji rahbar xodimlari va o’qituvchilari uchun “Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish muammolari” mavzusida “MASTER KLASS” darsi o’tkazildi.

 

Namangan viloyati hokimining joriy yilning 10 apreldagi № 01G`05-94-sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarga asosan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining rahbar xodimlariga “Master klass” darslarini o’tish bo’yicha o’quv seminarlari tashkil qilish maqsadida Namangan shahri, Pop, Chust va To’raqo’rg’on tumanilarida seminar-treninglar o’tkazish bo’yicha Namangan viloyati hokimligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi bilan hamkorlikda reja jadvali ishlab chiqildi. Ushbu jadval asosida joylarda master klass darslari tashkil qilinmoqda. Jumladan:

2016 yil 27 aprel kuni soat 12:00da Chust qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida kollejning rahbar xodimlari va pedagog-o’qituvchilari uchun NamDU “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Qoraboeva tomonidan “Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish muammolari” mavzusida “Master klass” darsi o’tkazildi. Mazkur tadbirda Chust milliy xunarmandchilik kasb-hunar kollejining o’quv ishlari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va o’qituvchilari ham ishtirok etdilar.

Ushbu o’tkazilgan “Master klass” darsida NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i J.R.Qarabaev, Amaliy matematika kafedrasi o’qituvchisi Chust qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji filial mudiri S.Toshboev hamda shu kafedradan Chust milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji filial mudiri o’qituvchi E.Umarovlar ishtirok etdilar.

Dars davomida NamDU katta o’qituvchisi Z.Qoraboeva ishtirokchilarga “O’quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalashning asosiy sharti nima?” degan savol bilan murojaat qildi. Bu savol bo’yicha kasb-hunar kollejlarining direktorlari, o’rinbosarlari o’zlarining darsni tashkil qilishda e`tibor beradigan uslublari bo’yicha fikrlarini bildirdilar. O’quv jarayonini texnologiyalashtirishda asosan maqsadni belgilash juda muhimligi to’g’risida aytib o’tildi.

O’quv mashg’ulotini NamDU Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Zohida Qoraboeva va Amaliy matematika kafedrasi o’qituvchisi S.Toshboevlar olib bordi. Master klass darsida tinglovchilarni guruhlarga ajratilib, o’quv jarayonini loyihalashtirishda o’quv maqsadlarini belgilash, mavhum, umumiy o’quv maqsadlarini identiv maqsadlarga aylantirish yo’llariga doir bilimlar berildi. SHuningdek, ishtirokchilarda amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun guruhli faoliyat asosida identiv maqsadlarni belgilashni mashq qildilar. Ular “T-sxema”, “Mantiqiy chigallik”, “Tushunchalar tahlili” metodlari asosida mavzuni o’zlashtirishga harakat qildilar. Guruhli faoliyatning natijalari taqdimot asosida tahlil etildi.

O’quv darsida modulli va muammoli ta`lim texnologiyalari, jadval hamda o’quv maqsadlarni belgilashning an`anaviy va noan`anaviy usullari bo’yicha olib borildi.

Dars yakunida NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i J.Qarabaev, NamDU o’qituvchisi S.Toshboev, katta o’qituvchi Z.Qoraboeva, e.Umarovlarga hamda NamDU ma`muriyatiga kollejlarning rahbar xodimlari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

O'qilgan: 458 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.