wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 28 Aprel 2016 00:00

NamDU professor-o’qituvchilari tomonidan To’raqo’rg’on komp’yuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida MASTER KLASS darsi o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 27 aprel kuni soat 13:00da To’raqo’rg’on komp’yuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida ham universitetning Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi S.Akbarov tomonidan “Muomala madaniyati psixologiyasi” mavzusida “Master klass” darsi o’tkazildi.

Ushbu o’tkazilgan “Master klass” darsida NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov, Ekologiya kafedrasi o’qituvchisi, kollejdagi filial mudiri A.Ahmedov, kollejning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Boxodirov hamda 25 nafar pedagog-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

Master klass darsi davomida ta`lim texnologiyalarini yanada jadallashtirish, samaradorligini oshirish, ta`lim jarayonlarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. NamDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Saxodilla Akbarov “Master klass” darsi davomida o’quv jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni bilish faoliyatiga, ta`lim samaradorligiga ijobiy ta`sirining ilmiy, uslubiy va amaliy tomonlarini ochib berdi.

S.Akbarov o’quv mashg’uloti ishtirokchilariga “Muloqot va kommunikatsiyaning farqini aytib bering?”, “Muloqot yoki muomala nima?”, “Boshqaruv muloqati nima?” degan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha o’qituvchilar mazkur savollar bo’yicha o’zlarining fikrlarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlarga to’ldirilgan holda S.Akbarov o’zining mazkur savollar bo’yicha fikrlarini aytib o’tdi.

“Master klass” darsida “Ismi sharif”, “Munosabatlar oynasi”, “YOqimli so’zlar”, “Sabrli tinglovchi”, “SHahsiy hayot” usullari to’g’risida tushuntirib berildi. Darsda temperamentlar, xarakterlar to’g’risida ham to’htalib o’tildi. SHu bilan birga S.Akbarov o’z so’zida har bir o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilar bilan o’zaro axborot almashishi, o’zaro ta`sir ko’rsatishi, bir-birini idrok etish, tushunish kabi bir qancha ma`lumotlarni hayotiy misollar keltirgan holda darsni tashkil qildi.

Ushbu o’tkazilgan master klass darsi orqali kollej o’qituvchilari o’zlari uchun o’quv mashg’ulotlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar to’g’risida katta ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Dars yakunida NamDU ma`muriyatiga master klass darsi ishtirokchilari tomonidan o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

O'qilgan: 206 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.