wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 27 Aprel 2016 00:00

“Sifatli ta'lim – ilm olish garovidir”

Joylashtirdi: 

Pop transport va aloqa kasb-hunar kollejining majlislar zalida Pop tumanidagi barcha kasb-hunar kollejlari direktorlari, o’quv ishlari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun “SIFATLI TA`LIM – ILM OLISH GAROVIDIR” mavzusida master klass darsi o’tkazildi.

2016 yil 26 aprel kuni Pop transport va aloqa kasb-hunar kollejining majlislar zalida Pop tumanidagi barcha kasb-hunar kollejlari direktorlari, o’quv ishlari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda har bir ta`lim muassasadagi 4 nafardan pedagog-o’qituvchilariga universitetning “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Qoraboeva va Z.Qodirovalar tomonidan “Sifatli ta`lim – ilm olish garovidir” mavzusida “Master klass” darsi o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan “Master klass” darsida NamDU AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i J.R.Qarabaev, Kasb ta`limi kafedrasi dotsenti I.Uluxanov hamda shu kafedra katta o’qituvchisi, kollejdagi filial mudiri K.Umarovlar ham ishtirok etdilar.

Dars davomida NamDU katta o’qituvchisi Z.Qodirova ishtirokchilarga “O’quv darsini tashkil qilishdan maqsad nima va nimaga e`tibor berasiz?” degan savol bilan murojaat qildi. Bu savol bo’yicha kasb-hunar kollejlarining direktorlari, o’rinbosarlari o’zlarining darsni tashkil qilishda e`tibor beradigan uslublari bo’yicha fikrlarini bildirdilar. O’quv jarayonini texnologiyalashtirishda asosan maqsadni belgilash juda muhimligi to’g’risida aytib o’tildi.

O’quv mashg’ulotini NamDU Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi va kasb-ta`limi kafedrasi dotsenti I.Uluxanovlar olib bordi. Master klass darsida pedagog-o’qituvchilarni guruh-guruhga ajratilib, baliq skeleti, BBB, grafikli organayzerlar kabi usullarida tashkil qilindi.

O'qilgan: 268 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.