wrapper

Yangiliklar

Yakshanba, 24 Aprel 2016 00:00

To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida “Kasbiy fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida “MASTER KLASS” darslari o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 23 aprel kuni To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida universitetning kasb ta`limi kafedrasi mudiri p.f.n. dotsent X.Akramov, kafedra o’qituvchisi SH.Hudoyqulovlar tomonidan “Kasbiy fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida master klass darsi o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan master klass darsida kollej rahbarlari va pedagog-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Master klass darsini Namangan davlat universiteti Kasb ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilaridan kafedra mudiri p.f.n. dotsent X.Akramov, o’qituvchi SH.Xudayqulovlar olib bordilar.O’tkazilgan dars mashg’ulotida bugungi kun talablari asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etdilar. Master klass darsi davomida ta`lim texnologiyalari, aholi ta`limini yanada jadallashtirish, samaradorligini oshirish, ta`lim jarayonlarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. Dars mashg’ulotidan so’ng o’qituvchilar bilan birgalikda mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berildi va bahs munozaralar olib borildi.

Dars mashg’uloti davomida ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, pedagogik texnologiyalarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi fikrlar bildirildi.

Dars yakunida kollej o’qituvchilari ushbu o’tkazilgan dars mashg’ulotidan o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olganliklarini ta`kidlab, NamDU ma`muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirdilar.

O'qilgan: 714 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.