wrapper

Yangiliklar

Shanba, 23 Aprel 2016 00:00

“Nima uchun ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish zaruriyati paydo bo’ldi?”

Joylashtirdi: 

Namangan shahridagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining direktor o’rinbosarlari uchun “Nima uchun ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish zaruriyati paydo bo’ldi?” mavzusida master klass darsi o’tkazildi.

2016 yil 22 aprel kuni soat 15:00da Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining majlislar zalida viloyatdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining direktorlari, direktor o’rinbosarlari uchun universitetning pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti O’.Asqarova va Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Qoraboevalar tomonidan “Nima uchun ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish zaruriyati paydo bo’ldi?” mavzusida master klass darsi o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan master klass darsida NamDU rektori A.V.Umarov, AL va KHklari bilan ishlash bo’yicha prorektor K.M.Boymirzaev, AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minovlar ham ishtirok etdilar.

Master klass darsi davomida ta`lim texnologiyalari, aholi ta`limini yanada jadallashtirish, samaradorligini oshirish, ta`lim jarayonlarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. NamDU Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti O’g’iloy Asqarova “Master klass” darsi davomida ta`lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni bilish faoliyatiga, ta`lim samaradorligiga ijobiy ta`sirining ilmiy, uslubiy va amaliy tomonlarini ochib berdi. SHu bilan birga ta`lim texnologiyalarining tarkibi, jarayonlari, maqsadlar tizimini yaratish va o’quv maqsadlari taksanomiyasi haqdagi tushunchalar berildi. Dars juda qiziqarli va baxs-munozarali tarzda o’tkazildi.

Dars davomida NamDU katta o’qituvchisi Z.Qoraboeva ishtirokchilarga “O’quv darsini tashkil qilishdan maqsad nima va nimaga e`tibor berasiz?” degan savol bilan murojaat qildi. Bu savol bo’yicha kasb-hunar kollejlarining direktorlari, o’rinbosarlari o’zlarining darsni tashkil qilishda e`tibor beradigan uslublari bo’yicha fikrlarini bildirdilar. O’quv jarayonini texnologiyalashtirishda asosan maqsadni belgilash juda muhimligi to’g’risida aytib o’tildi.

O’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, pedagogik texnologiyalarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. O’quv darsida modulli va muammoli ta`lim texnologiyalari, jadval hamda o’quv maqsadlarni belgilashning an`anaviy usullari bo’yicha olib borildi.

Ushbu o’tkazilgan master klass darsi orqali kollej rahbar xodimlari o’zlari uchun dars jarayonlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar to’g’risida katta ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Dars yakunida NamDU dotsenti O’.Asqarova, katta o’qituvchi Z.Qoraboevaga hamda NamDU ma`muriyatiga kollej rahbar xodimlari tomonidan o’z minnatdorchiligini bildirildi.

O'qilgan: 341 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.