wrapper

Yangiliklar

Shanba, 23 Aprel 2016 00:00

“Inson va tabiat”

Joylashtirdi: 

NamDU Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Namangan shahar olimpiya zaxiralari kollejida “Inson va tabiat” mavzusida master-klass o’tkazildi.

Namangan shahar olimpiya zaxiralari kollejida 22 aprel kuni NamDU Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S.I.Kazakbaeva tomonidan kollej o’qituvchilari uchun “Inson va tabiat” mavzusida master klass o’tkazildi. O’tkazilgan master klass darsida NamDU Rus tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, kafedraning kollejdagi filial mudiri Sh.Nabiev, kollejning 32 nafar pedagog-o’qituvchilari ishtirok etdilar. Master klass darsi tanishuvdan boshlandi.

Mazkur master klassda «Деловая игра» o’yini o’qituvchilar ishtirokida tashkil qilindi. Bunda qatnashchilar bir daqiqa ichida odamning rasmini chizishlari kerak bo’ldi. Topshiriq bajarilgandan keyin rasmga doir psixologik xususiyatlar o’qib eshittirildi. Keyingi bosqichda o’qituvchilar bilan dars davomida kerak bo’ladigan qoidalarni aytib o’tildi. Dars aqliy hujum metodida tashkil qilindi. Dars davomida o’qituvchilarga “Insonning eng asosiy vazifasi nimadan iborat?”, “Inson uchun eng katta baxt – bu nima?”, “Farzand tug’ilganda xamma qanday savol beradi?” kabi savollar berildi.

Aqliy xujum metodi tugagach keyingi bosqichga o’tildi. Ya`ni yangi mavzu “Inson va tabiat”. Bu mavzuni o’tishda tekst qismlarga bo’lingan bo’lib, har bir qismlari orasida yangi savollar berildi. Bu savollarga yuqorida ko’tarilgan muammolar bilan bog’langan holda javob berildi.

O'qilgan: 239 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.