wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 21 Aprel 2016 00:00

“Zamonaviy ta`lim texnologiyalari va ulardan o’qitish jarayonida samarali foydalanish” mavzusida “Master klass” darslari tashkil etildi.

Joylashtirdi: 

Chust pedgogika kollejida “Zamonaviy ta`lim texnologiyalari va ulardan o’qitish jarayonida samarali foydalanish” mavzusida “Master klass” darslari tashkil etildi.

2016 yil 20 aprel kuni Namangan davlat universiteti Geografiya hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Chust pedgogika kollejida “Zamonaviy ta`lim texnologiyalari va ulardan o’qitish jarayonida samarali foydalanish” mavzusida “Master klass” darslari tashkil etildi. Darsda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O’g’iloy Asqarova, geografiya fanlari nomzodi, dotsentlar Manzura Mahmudova, Odiljon Mirzamaxmudov, elmurod Solievlar hamda kollej fan o’qituvchilari qatnashishdi. O’g’iloy Asqarova “Master klass” darsi davomida ta`lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni bilish faoliyatiga, ta`lim samaradorligiga ijobiy ta`sirining ilmiy, uslubiy va amaliy tomonlarini ochib berdi.
O’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, pedagogik texnologiyalarni qo`llashning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. O’quv mashg’ulotlari ishlanmalari misolida darsda modulli va muammoli ta`lim texnologiyalari, jadval, Blits-so’rov interfaol metodi, “Nima uchun?” muammoli sxemasi, BBB matn bilan ishlash grafik organayzeri, “Baliq skeleti” grafik organayzeri, Kontseptual jadval muammoli vaziyatlarni echish kabi metodlardan samarali foydalanish yo’llari ko’rsatib berildi.
AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi uslubchisi Q.Mo’minov.

O'qilgan: 663 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.