wrapper

Yangiliklar

Shanba, 30 Aprel 2016 00:00

“Anticipating problems in teaching English at vocational colleges and lyceums” mavzusida master klass darsi o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012 yil 10 dekabrdani PQ 1875-sonli Qarori hamda Namangan viloyati hokimining joriy yilning 10 apreldagi № 01/05-94-sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarga asosan, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining rahbar xodimlariga “Master-klass” darslarini o’tish bo’yicha seminarlar tashkil qilish maqsadida 2016 yil 29 aprel kuni Namangan qurilish va dizayn kasb xunar kollejida “Anticipating problems in teaching English at vocational colleges and lyceums” mavzusida “Master klass” mashg’uloti o’tkazildi.

Master klass darsida NamDU “Ingliz tili va adabiyot” kafedrasi mudiri dotsent Q.Sidiqov, kafedra o’qituvchilari M.Abdurahmonov, YA.Qo’chqarova, A.Ermirzaev, kollej direktori I.Jakbarov, kollejning ingliz tili fani o’qituvchilari YU.Tashbaeva, X.Xusainova, N.Xudoyberdieva, M.Abdumannonova, G.Imomalievalar va boshqa fan o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Master klass mashg’uloti davomida ta`lim texnologiyalari, aholi ta`limini yanada jadallashtirish, samaradorligini oshirish, ta`lim jarayonlarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. NamDU “Ingliz tili va adabiyot” kafedrasi mudiri dotsent Qosimjon Sidiqov “Master-klass” darsi davomida ta`lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni bilish faoliyatiga, ta`lim samaradorligiga ijobiy ta`sirining ilmiy, uslubiy va amaliy tomonlarini ochib berdi.

Mazkur “Anticipating problems in teaching English at vocational colleges and lyceums” (O’rta maxsus ta`limi tizimida ingliz tilini o’qitish jarayonida paydo bo’ladigan muammolarni bartaraf etish usullari) mavzusidagi “Master klass” mashg’uloti yakunida o’qituvchilari o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Ushbu savollar bo’yicha o’zlarigi ijobiy javoblar oldilar. SHuningdek o’tkazilgan mashg’ulot o’qituvchilarda qoniqish hosil qilganligi to’g’risida alohida to’htab o’tildi.

Dars yakunida kollej direktori I. Jakbarov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 2012 yil 10 dekabrdagi PQ 1875-sonli Qarorini bajarilishini ta`minlash maqsadida kollejda bir qator muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi hamda bu borada kollejga biriktirilgan Namangan davlat universiteti jamoasi yaqindan yordam berib kelayotganligi to’g’risidagi fikrlarni bildirdilar. NamDU ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan chet tilini chuqur o’rganish bo’yicha yaqindan yordam berib kelishayotganligi, bir necha guruhlarda ochiq darslar o’tkazilayotganligi hamda o’qituvchilarga turli xil namunaviy dasturlarga asosan o’quv mashg’ulotlari tashkil qilinganligi haqida aytib o’tdilar. SHu bilan birga u o’z so’zida ushbu “Anticipating problems in teaching English at vocational colleges and lyceums” mavzusida o’tkazilgan “Master klass” mashg’uloti orqali kollejning ingliz tili o’qituvchilari o’zlarining bilimi, ko’nikma, malakalari va tajribalarini yanada oshishi haqidagi o’zning ijobiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Kollej direktori I.Jakbarov kollejga tashrif buyurgan hamda shunday mahorat darslarini tashkid qilgan NamDU “Ingliz tili va adabiyot” kafedrasi mudiri dotsent Sidiqov Qosimjon va kafedra o’qituvchilari Abduraxanov Muxammadjon, Kuchqarova YAna, ermirzaev Abbosxonlar hamda NamDU ma`muriyatiga kollejning rahbar xodimlari nomidan o’z minnatdorchiliklarini bildirildi.

O'qilgan: 334 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.