wrapper

Yangiliklar

Shanba, 30 Aprel 2016 00:00

2016 yil “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlab “BIZ BUYUK YURT FARZANDLARIMIZ” shiori ostida kontsert dasturi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 29 aprel kuni soat 13:30da Namangan davlat universitetining faollar zalida Namangan shahar milliy hurmandchilik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda 2016 yil “Sog’lom ona va bola yili”ga bag’ishlab “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida kontsert dasturi o’tkazildi.

Kontsert dasturida NamDU rektori A.V.Umarov, AL va KHKlari bilan ishlash bo’icha prorektor K.Boymirzaev, Biologiya kafedrasi dotsenti, kafedraning kollejdagi filial mudiri V.Azizov, Musiqiy ta`lim kafedrasi mudiri O.Azizov, Musiqiy ta`lim kafedrasi o’qituvchilari Q.Rahmatov, N.Abdullaev, M.Mirabdullaev, T.Ortiqov, Namangan shahar Milliy hunarmandchilik va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji direktori F.Tursunov, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Qahharov, kollejning 30 nafar pedagog-o’qituvchilari va 100 nafar kollej o’quvchilari hamda 150 nafar NamDU talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek kontsert dasturida doirachilar guruhi(Rahbar: D.Sodiqov), maqomchilar ansambli(Rahbarlar: K.Yo’ldoshev, I.Eshonov), xalq cholg’u ansambli(Rahbarlar: R.Normatov, M.Nasriddinova, X.Maxkamov), xalq teatri(Rahbarlar: O.Ergashev, I.Abdullaev) jamoalari ishtirok etdilar. Kontsert dasturi davomida kollejning 2–bosqich o’quvchilari N.Nizomiddinov va G.Nuriddinovalar tomonidan qo’shiqlar kuylandi. Kontsert dasturi ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Kontsert dasturi yakunida kollej direktori F.Tursunov NamDU ma`muriyatiga hamkorlik uchun hamda hamkorlikda tashkil qilinayotgan bir qator ishlar uchun o’zining minnatdorchiligini bildirdi.

O'qilgan: 283 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.