wrapper

Yangiliklar

Shanba, 30 Aprel 2016 00:00

To’raqo’rg’on ijtimoiy iqtisodiyot va sport kollejida o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining rahbar xodimlari uchun master klass darsi o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 29 aprel kuni NamDU Iqtisodiyot kafedrasi mudiri N.Sotvoldiev, kafedra dotsenti K.Sirojiddinov, kafedra o’qituvchilari D.Boymirzaev, N.Rasulov, Z.Abdullaevlar tomonidan To’raqo’rg’on ijtimoiy iqtisodiyot va sport kollejida Namangan viloyat hokimligining 2016 yil 10 apreldagi 01/05-94 –sonli yig’ilish bayonida belgilangan vazifalarga asosan o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbar va xodimlari uchun master klass darslarini o’tish bo’yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Master klass darsida kollej pedagog xodimlari o’rtasida o’quv mashg’ulotlarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etib o’quv mashg’ulotlari tashkil qilindi.

Master klass o’quv mashg’ulotida davomida kollej pedagog xodimlariga o’quv mashg’ulotlarining mazmuni va sifatini yanada oshishiga xizmat qiluvchi ilg’or pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar haqida tushunchalar berildi. Jumladan, nazariy mashg’ulotlarda: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma`ruza, binar ma`ruza, ma`ruza-munozara, hamkorlikdagi ma`ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma`ruza, sharhlovchi ma`ruza, amaliy, seminar mashg’ulotlarida esa muammoli seminar, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan seminar, ishbilarmonlik o’yinlariga asoslangan, aniq holatlarning echimi bo’yicha seminar o’tish texnologiyalari haqida ma`lumotlar berildi. O’quv mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berildi. O’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib qolishi bilan chegaralanmasdan, o’quvchilar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining menedjeri bo’lishi lozimligini uqtirdilar.

O’qituvchilarga ilg’or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutishini ta`kidlab, munozara darslari, muzokara mazmunidagi, ishbilarmon o’yinlar, muammoli holatlarni, keys stadilarini echish kabi usullarni qo’llash o’quvchilarning ijodiy faolligini yanada oshirishga, iqtisodiy masalalarni hal qilishda, muammoni echimini izlab topishning eng maqbul yo’llarini aniqlashda samarali yordam berishini tadkidladilar.

Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti K.Sirojiddinov iqtisodiy fanlarni o’qitishda o’qitish usullari va texnikasiga to’xtalib: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o’rgatuvchi o’yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o’rganamiz”, pinbord kabi interaktiv metodlarni tadbiq etish yuqori samara berishini ta`kidladi hamda “aqliy hujum” deb nomlangan o’qitish usulini mashg’ulotlarda qo’llash bo’yicha amaliy ko’rsatmalarni berdi, uni amalda qo’llab namuna qo’rsatdi. SHundan so’ng, kafedrasi o’qituvchilari D.Boymirzayev, N.Rasulov va Z.Abdullaeyvlar o’rgatuvchi o’yinlar, insert, “Birgalikda o’rganamiz” kabi o’qitish usullarini o’quv mashg’ulotlarida qo’llash bo’yicha tavsiyalar berib, ularni tadbiq etgan holda master klass mazmunidagi o’quv jarayonini amalda ko’rsatib berdilar. Kollej o’qituvchilarining savollariga javob berdilar.

Master klass o’quv mashg’uloti qiziqarli tarzda tashkil etildi. Mashg’ulot davomida o’qituvchilar fanlarni o’qitishda o’qitish usullari va texnikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

O'qilgan: 232 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.