wrapper

Yangiliklar

Yakshanba, 01 May 2016 00:00

“Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida master-klass darsi o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 30 aprel kuni soat 10:00da Chust sport kollejining faollar zalida kollejning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari hamda ta`lim muassasasidagi 33 nafar o’qituvchilariga NamDU Matematika kafedrasi dotsenti f-m.f.n. YU.Toshmirzaev tomonidan “Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida master-klass darsi o’tkazildi. SHuningdek ushbu o’tkazilgan master-klass darsida NamDU Matematika kafedrasi o’qituvchilari I.Jo’raev, R.Sobitovlar ishtirok etdilar.

Master-klass darsi davomida ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o’quvchilarning ta`lim olish jarayonini yanada jadallashtirish, samaradorligini oshirish, ta`lim jarayonlarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar bildirildi. NamDU Matematika kafedrasi dotsenti f-m.f.n. YU.Toshmirzaev “Master-klass” darsi davomida ta`lim jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning bilim saviyasiga hamda ta`lim samaradorligini oshishiga ijobiy ta`sirining ko’rsatishining ilmiy, uslubiy va amaliy tomonlarini ochib berdi. SHu bilan birga ta`lim texnologiyalarining tarkibi, jarayonlari, maqsadlar tizimini yaratish va o’quv maqsadlari taksanomiyasi haqida tushunchalar berildi. Dars juda qiziqarli va baxs-munozarali tarzda o’tkazildi.

Dars davomida NamDU Matematika kafedrasi dotsenti f.-m.f.n. YU.Toshmirzaev ishtirokchilarga “O’quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llashdan asosiy maqsad nima?” degan savol bilan murojaat qildi. Bu savol bo’yicha kollej direktor o’rinbosari va kollej o’qituvchilari o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar. O’quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llashdan asosiy maqsad o’quvchining faolligini oshirish, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish ko’rsatkichlarini yaxshilash, ta`limni ishlab chiqarish bilan bog’lash, fanlarning o’zaro uzviy bog’liqligidan unumli foydalanish va o’quvchida fanga bo’lgan qiziqishni orttirish ekanligi aytib o’tildi.

O’quv mashg’ulotini NamDU Matematika kafedrasi dotsenti f.-m.f.n. YU Toshmirzaev, NamDU Matematika kafedrasi o’qituvchilari I.Jo’raev va R.Sobitovlar olib bordi. Master klass darsida o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, o’quv jarayonini loyihalashtirishda o’quv maqsadlarini belgilash, mavhum, umumiy o’quv maqsadlarini identiv maqsadlarga aylantirish yo’llariga doir bilimlar berildi.

Dars davomida o’zaro savol-javob usullaridan foydalanilgan holda qiziqarli tarzda o’tkazildi.

O'qilgan: 1023 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.