wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 04 May 2016 00:00

To’raqo’rg’on ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida “MUQOBIL ENERGIYA MANBAALARI” mavzusida master-klass darsi o’tkazildi.

Joylashtirdi: 

2016 yil 3 may kuni soat 10:30 da To’raqo’rg’on ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida kollej direktori, o’quv ishlari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari hamda fan o’qituvchilariga universitetning “Fizika” kafedrasi katta o’qituvchilari f-m.f.n. X.Qo’chqarov va f-m.f.n M.Ergashevalar tomonidan “Muqobil energiya manbaalari” mavzusida “Master-klass” darsi o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan “Master klass” darsida NamDU fizika kafedrasi katta o’qituvchilari U.Raximov, R.Jalalov, A.Nabiev, o’qituvchi N.Xolboevalar, kollej fan o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Master klass darsi Muqobil energiya turlaridan biri hisoblangan quyosh energiyasi bo’yicha ishlab chiqarish texnologiyalari, aholi ta`minotidagi o’rni, energiya samaradorligini oshirish, insonlar hayotida foydalanish zarurligi to’g’risidagi fikrlar bildirildi. NamDU fizika kafedrasi katta o’qituvchisi Xoshimjon Qo’chqarov “Master klass” darsi davomida hozirgi kundagi energetika ta`minotidagi muqobil energiya manbalarining o’rni haqida va ularni amaliy ahamiyatini ochib berdi. SHu bilan birga energetika haqidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazishda uning hosil qilish turlari, tarkibi, jarayonlari, maqsadlar tizimini yaratish haqidagi tushunchalar berildi. Dars juda qiziqarli va baxs-munozarali tarzda o’tkazildi.

Dars davomida NamDU katta o’qituvchisi X.Qo’chqarov ishtirokchilarga “Muqobil energiya turlarini bilasizmi?” degan savol bilan murojaat qildi. Bu savol bo’yicha kasb-hunar kollejlarining direktorlari, o’rinbosarlari, fan o’qituvchilari o’zlarining fikrlarini bildirdilar. O’quv jarayonini texnologiyalashtirishda asosan maqsadni belgilash juda muhimligi to’g’risida aytib o’tildi.

O’quv mashg’ulotini NamDU Fizika kafedrasi katta o’qituvchisi olib bordi. Master klass darsida aqliy hujum, muammoli vaziyat, debatt kabi usullarida tashkil qilindi.

Dars davomida o’zaro savol javob usullaridan foydalanilgan holda qiziqarli tarzda o’tkazildi.

O’qituvchilar tomonidan quyidagicha savollar berildi:

1)To’raqo’rg’onda qurilayotgan I.E.S.ni ishlatilishida asosan yoqilg’i yonishi hisobiga bulib, bu yoqilg’ini yonishida ekologik zarar bormi?

2)Kelajak yo’llari nimalar hisobiga bo’ladi?

3)Elektr toki chiqqanda biz bilamizki, elektromagnit to’lqin ta`siri mavjud bo’ladi, bu esa inson salomatligi uchun zararli emasmi?

Dars yakunida ushbu kollej direktori B.Odilov va direktor o’rinbosarlari va fan o’qituvchilari NamDU Fizika kafedrasi professor-o’qituvchilariga ushbu o’tkazilgan master klass darsi orqali O’zbekistonimizdagi eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan muqobil energiya manbalari haqida to’la ma`lumot olganliklari uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirildilar.

Master klass o’quv mashg’uloti qiziqarli tarzda tashkil etildi. Mashg’ulot davomida o’qituvchilar fanlarni o’qitishda o’qitish usullari va texnikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

O'qilgan: 288 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.