wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 05 May 2016 00:00

“Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlarida qo’llashning samarali usullari” mavzusida seminar-trening.

Joylashtirdi: 

2016 yil 4 may kuni NamDUga biriktirilgan Namangan engil sanoat kollejida “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlarida qo’llashning samarali usullari” mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Seminar-treningda kollej direktori R.Rajapbaev, NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari S.Qozoqov, N.Mirzaxolov hamda kollej o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar-trening davomida NamDU o’qituvchisi S.Qozoqov so’zga chiqib, mustaqillikdan so’ng mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon ta`lim standartlariga ko’tarish uchun juda ko’plab ishlar amalga oshirilganligi haqida gapirib o’tdi. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonlarida qo’llash davr talabi ekanligi, undan samarali foydalanish har bir pedagog uchun sharaf ekanligi hamda uning faoliyatiga ijoyuiy ta`sir ko’rsatishini ta`kidlab o’tdi.

Seminar-trening davomida S.Qozoqov kollej o’qituvchilariga yangi pedagogik texnologiyalaridan VENN diagrammasi, Baliq skaleti, Aqliy hujum, kaskad va boshqa metodlar bo’yicha darslarni tashkil qilishga maslahat va tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga trening davomida NamDU O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi N.Mirzaxolov so’zga chiqib, zamonaviy axborot texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlari mavzularini yoritishdagi o’rni to’g’risida so’z yuritib slaydlar asosida yoritib berildi.

O'qilgan: 349 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.