wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Devonxona

Devonxona mudirasi- G.Insopova

Manzil: Namangan sh., Uychi ko'chasi, 316

Tel: (998) 369 226-61-07

E mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. , This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 Devonxona universitetning asosiy boshg`aruv bo`limlaridan biri hisoblanadi. Devonxona o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, universitet rektorining buyruqlari, yo`riqnomalari, Namangan Davlat universiteti Nizomiga amal qiladi. Devonxona faoliyati universitet xujjatlarining hisoboti va yuritilishini talab asosida boshqa bo`limlar bilan bevosita hamkorlikda bajarilishini tashkil etadi.

Universitetda ish yuritishni yo`lga qo`yish va amalga oshirish, OO'MTVdan keladigan modemnomalar, buyruqlar va Hay'at qarorlarini to`g`ri ro`yxatga olish va hisobini olib borishni tashkil etish, yuqori tashkilotlar, universitet ma'muriyati topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish devonxona bo`limining asosiy vazifalariga kiradi. Ish yuritish bo`yicha, bo`limga kelib tushadigan farmonlar, qarorlar, buyruqlar, xatlar va boshqa xujjatlarni o`z vaqtida, belgilangan tartibda qabul qiladi, rasmiylashtiradi va universitet raxbariyati hamda uning tarkibiy qismlariga, ijrochilariga yetkazadi.

Universitetga elektron shaklda OO'MTV va turli oliy o'quv yurtlaridan keladigan barcha xatlar This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. portali orqali olinadi.

 

Devonxonaning asosiy qoidalariga muvofiq bo'lim universitetda ish yuritishga oid xizmatlar ko`rsatilishi, uning aniq-puxta tashkil qilinishini ta'minlashni nazorat qiladi. Universitet rahbariyatiga ma'lum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, jo`natiluvchi, va ichki xujjatlarning o`z vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishni va joy-joyiga yuborishni, keluvchi, jo`natiluvchi, olinuvchi va ichki xujjatlarni qabul qilib olishni, qayd etishni, saqlashni hisobga olib boradi va bo`linmalarga yetkazib tarqatadi. Shuningdek, yig`ma jildlarni davlat tomonidan saqlanishi uchun topshirishga tayyorlashni, universitet nomiga keluvchi xat va xujjatlarning hammasini ko`rib chiqish va rektorning imzolashi uchun taqdim etiladigan barcha xujjatlarning sifatli tayyorlanganligini hamda rasmiylashtirilganligini tekshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishni, ularni joriy etishni tashkil qilish, ish yurituvchi xizmat xodimlarni zarur yo`riqnoma va ma'lumotlar materiallari bilan ta'minlash choralarini ko`rish, rektorning ko`rsatmalarini bajarilishini tekshirishi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko`rsatmalari qanday ijro etilayotganini Ichki nazorat va monitoring bo'limi bilan birgalikda nazorat qilish, fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalari bo`yicha maxsus yo`riqnomaga muvofiq ish yuritish va umumlashtirilgan ish jurnalida aks ettirish, xodimlarning xizmat safarlariga jo`nab ketishlari va qaytib kelishlarini belgilangan shakldagi maxsus jurnalda qayd etib borish va buyruqlashtirish, hamda universitet xos qog`ozi (firmennaya blanka)dan foydalanilishni nazorat qiladi.

O'qilgan: 1468 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.