wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 18 May 2017 00:00

Yosh olimlar farg‘ona vodiysi ilmiy anjumani: tahlillar, muhokamalar, amaliy natijalar

Joylashtirdi: 

“Yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan  yetuk kadrlarni tanlab olish va tarbiyalash vazifasiga yanada katta e’tibor qaratiladi.” Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan      2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha  harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 1.1 bandining 28-vazifasida maqsad qilib qo‘yilgan “iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan o‘tkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish” kabi masalalar bugungi kunda o‘z dolzarbligini ko‘rsatmoqda. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, Respublika hayotining turli sohalarini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Namangan davlat universiteti rektorining 2017 yil 22 fevraldagi 76A/O sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning o‘rni” shiori ostidagi “Farg‘ona vodiysi yosh olimlari” I-hududiy ilmiy anjumani 2017 yil 16 mayda Namangan davlat universitetida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. 

Ilmiy anjumanga 10 ga yaqin Farg‘ona vodiysi Oliy ta’lim muassasalari jumladan: Farg‘ona davlat universiteti, Toshken tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali, Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, Namangan muhandislik texnologiyalari instituti, Namangan muhandislik qurilish instituti, Andijon tibbiyot instituti hamda Namangan davlat universitetining 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari, talaba va magistrlar hamda kichik hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar, shuningdek, 20 ga yaqin Farg‘ona vodiysining o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi o‘qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi. Kelib tushgan maqolalarni tahrir qilish va nashrga tavsiya eitish bo‘yicha Namangan davlat universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi ko‘rib chiqdi va 130 ga yaqin ilmiy maqolalar ilmiy to‘plam sifatida chop etildi. 

Ilmiy anjuman 4 ta yo‘nalishda ish olib bordi. 

1.Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi

2.Tabiiy fanlar yo‘nalishi

3.Texnika fanlari fo‘nalishi

4.Aniq fanlar yo‘nalishi

Ilmiy anjumanning yalpi majlisini universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori M.Qodirxonov kirish so‘zi bilan ochib berib ishtirokchilarga va anjuman ishiga omad tiladi. Shundan so‘ng dolzarb va ilmiy asoslangan 6 nafar ishtirokchilarning ma’ruzalari eshitildi. 

Jumladan NamDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti o‘qituvchisi M.Sodirjonovning “Mutolaa - inson kapitalini takomillashtirishning eng muhim omili sifatida”, AndQXI o‘qituvchisi D.Egamberdiyevning “Quyosh elementi - XXI asr nefti”, TTAFF talabasi D.Egamberdiyevning “Aholi ovqat ratsioni sut va sut mahsulotlari tarkibidagi mikotoksinlarga gigiyenik baho berish” mavzusidagi maqolalar ishtirokchilarning qizg‘in bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi. 

Yakunda belgilangan yo‘nalishlardan g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Universitet rahbariyati, Kasaba uyushma qumitasi va ilmiy bo‘limning qimmatbaho sovg‘alari, diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandilar. 

NamDU Yosh olimlar Kengashi raisi
S. Rustamov

O'qilgan: 5907 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.