wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 18 May 2017 00:00

Universitetda “Profilaktika kuni” munosabati bilan ishchi ishlar xodimlari bilan huquqiy targ‘ibot va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 18 may kuni Namangan davlat universitetining Katta majlislar zalida “Profilaktika kuni” munosabati bilan bir guruh ichki ishlar xodimlari bilan tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent Xusan Abdusalomovich Turobboyev, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Farhod Ahmadjonovich Xolmatov, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi katta tezkor vakili, katta leytenant Abduvahob Nosirjonovich Ahmedov, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhomjon A’zamovich Burxonov, Namangan davlat universiteti ma’naviy-ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektori Alisher Isoqboyev, Ichki ishlar vazirligi akademiyasiyaning kursantlari va barcha fakultetlardan 302 nafar talabalar ishtirok etdilar. 

Ochiq muloqotni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev ochdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi huquqbuzarlik va jinoyatchilik yuzasidan tahliliy xatini o‘qib eshittirdi. Vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida bu yil o‘tgan yilga nisbatan 17,3 foiz kamaygani, bu yaxshi natija bo‘lsada, huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sodir etilishini umuman oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.

Dastlabki so‘z, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi katta tezkor vakili, katta leytenant A.N.Ahmedovga berildi. A.Ahmedov o‘zining “Diniy ekstremizm va terrorizmning insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi tajribasi” nomli ma’ruzasida Suriya va unga yondosh mamlakatlarda yuz berayotgan jarayonlar, diniy ekstremizm, terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlarning muddaolari, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni, xalqaro terrorchi tashkilotlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Vi  jdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosiy diniy ta’lim berish jarayonlari xususida batafsil ma’lumot berdi. Mazkur masala bo‘yicha ingiliz tili ta’lim yo‘nalishi 201-guruh talabasi I.Jo‘raboyev tomonidan berilgan savolga A. Ahmedov asosli javob berdi.

Shundan so‘ng, “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tayyorlangan “Narkotrafik” nomli hujjatli film namoyish etildi. Film namoyishidan so‘ng davra suhbati davom ettirildi. 

Keyingi so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi kafedra boshlig‘i, dotsent X.A.Turobboyevga berildi. X.A.Turobboyev o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Profilaktika kuni” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilishi natijasida ko‘plab ijobiy natijalarni berayotgani, ayni paytda universitetda Namangan viloyatidagi uchastka profilaktika inspektorlari uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari katta ahamiyatga ega bo‘layotgani, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda talaba-yoshlar oldida turgan muhim vazifalar xususida to‘xtaldi.

Tadbirda so‘z olgan Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik F.A.Xolmatov O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ketayotgan uzoq muddatli mehnat migrantlari, ularning salmog‘i xususidagi statistik ma’lumotlarni keltirish bilan birgalikda, mazkur migrantlarning xorijdan qaytishi bilan bog‘liq muammolar, ya’ni diniy ekstremizm, aqidaparast kabi buzg‘ungi g‘oyalar ta’siri ostiga tushib qolayotgani yoki turli yuqumli kasalliklarni yuqdirib kelayotgani kabi muammolarni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq masalalarni aytib o‘tdi.

Yig‘ilish raisi A.Isoqboyev keyingi so‘z navbatini Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.A.Burxonovga berdi. I.Burxonov o‘z so‘zida viloyat ichki ishlar boshqarmasi idoralariga ishga qabul qilish tartiblari, jarayonlari haqida talabalarga aniq tushunchalar berdi. 

Davra suhbatida diniy bilim olish, bugungi kunda Namangan shahrida umumiy ovqatlanish joylari va savdo maskanlarida ichki ishlar idoralari tomonidan o‘rnatilayotgan tartiblar va boshqa masalalar bo‘yicha berilgan savollarga ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan asosli javoblar berildi.

Yig‘ilish yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev tadbirga tashriflari, qiziqarli ma’ruzalari, savollarga javoblari uchun ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev

O'qilgan: 13417 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.