wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 24 Dekabr 2015 05:00

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi.

Bo`lim boshlig’i: Urinov Bahrom Jamoliddinovich

Manzil: Namangan.sh., Uychi ko`cha, 316 uy.

Rahbariyat binosi, 2-qavat

Telefon va fakslar: (0369)227-06-12, (0369)227-07-61

e-mailThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Bo`lim vazifalari:

a) Ilmiy salohiyatni oshirish.

b) Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash .

c) Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

d)Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini, ho`jalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlarni amalga oshirish.

e) Fanning ta`lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini (olingan natijalar ishlab chiqarishga joriy etilishi) amalga oshirish.

f) Halqaro grantlarda ishtirok etish.

g) Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ilmiy-ijodiy ishlarga jalb etish.

 

 

Bo`lim tarkibiy tuzilmasi: bo`limda bo`lim boshlig’i hamda ilmiy tadqiqot ishlari bo`yicha muhandis faoliyat yuritadi.

 

Bo`limning faoliyat yo`nalishlari:

Namangan davlat universityetining ilmiy-tadqiqot faoliyatlarining ustuvor yo`nalishlari mustaqil mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlarga hamohang ravishda belgilanib olindi va bular quyidagi yo`nalishlardir:

- Universitetda professor-o`qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish.

- Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ko`lamini kengaytirish.

- Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish;

- Iqtidorli talabalarni aniqlash va ilmiy-tadqiqot ishlariga yo`naltirish;

- Doktorlik dissyertatsiyalarini himoya qiluvchilarning sonini samarali yuksaltirish;

- Mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pyedagogik kadrlar tayyorlash.

- Fundamyental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun universitetning mavjud ilmiy salohiyati imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

- Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ho`jalik shartnomasi asosida bajariladigan ishlarni jonlantirish.

- Universitetning ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.

- Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan intyegratsiyasini (olingan natijalar ishlab chiqarishga joriy etilishi) kuchaytirish.

- Halqaro grantlarda ishtirok etish. Xorijiy universityetlar bilan aloqalarni o`rnatish.

- Universityetni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqasini kuchaytirish.

- Yosh olimlar va talabalarning salohiyati va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi natijalarini namoyon etadigan anjuman, olimpiada va tanlovlarni tashkillashtirish.

- Universitet olimlarining ilmiy ishlari natijalarini targ`ib qilish, xozirgi fan yutuqlari bilan solishtirish hamda ilmiy-tadqiqotlarni zamonaviy dunyo darajasiga ko`tarish maqsadida Respublika, mintaqaviy, halqaro anjuman va simpfoziumlar o`tkazish.

Namangan davlat universityeti kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o`qituvchilarning ilmiy salohiyati:

Universityetda asosiy shtatda faoliyat ko`rsatayotgan jami 431 nafar professor-o`qituvchilardan 136 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega.

Univyersityetdagi 27 ta kafedra mavjud bo`lib, ular 6 ta fakultetga biriktirilgan. Ularda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari fakultetlarda tayyorlanayotgan bakalavriatura yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va katta ilmiy xodim-izlanuvchilik ixtisosliklari bilan mos tushadi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

Universityetda joriy yilda davlat byudjetidan moliyalashtirilgan 2 ta fundamyental, 2 ta amaliy, 2 ta yosh olimlarning fundamental loyihalari va 10 ta xo`jalik shartnomalari ustida ilmiy ish olib borilmoqda.

 

Namangan davlat universitetida doktarantura faoliyati:

Hozirgi kunda universitetda quyida keltirilgan ixtisosliklar bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyat yuritmoqda:

01.04.10-Yarim o’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi

02.00.10-Bioorganik kimyo

10.00.01-O'zbek tili

10.00.06- Qiyosiy-tarixiy tipologiya, chog'ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik

11.00.04-Meteorologiya, agrometeoroloyiya va iqlimshunoslik

 

O'qilgan: 2746 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.