wrapper

Yangiliklar

Juma, 25 Dekabr 2015 00:00

Xalqaro aloqalar bo'limi

Bo’lim boshlig’i:  Lutfullayev Po’latxon Muxibullayevich

Telefon: +998 69 2270445, 2270144 Mobil: +998 90 7400192 

Faks: +998 69 2270445, 2270144

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. va This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  

 

Universitetning xalqaro aloqalar bo’limi 2010 yilda qayta tashkil etilgan. Shu vaqt mobaynida NamDUning xalqaro doirada o’z strategiyasi va rejalari shakkllantirildi va uning maqsad va vazifalari belgilandi. Ushbu bo’lim universitetda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishda hamda o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

 

Bo’limning maqsadi:  

  • Xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali NamDUda yuqori sifatli ta’lim va zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etishga ko’maklashish;

  • Xalqaro aloqalar sohasida NamDUni Respublika oliy o’quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o’rin olishda ko’maklashish. 

  • Nafaqat mamlakat balki xalqaro miqyosda ham NamDUning uquv va ilmiy reyting darajalarini yuqorilashga yordam berish; 

  • Xorijiy oily ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari, ta’lim va tarbiya ishlari bilan bog’liq boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;

  • Eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish;

  • Talaba va o’qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirish va stajirovka o’tashi uchun tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish va boshqarish;

  • Bunday maqsadlarni amalga oshirish pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.  

Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:

  • Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining xalqaro aloqalarga doir buyruqlari, modemnomalri, ko’rsatmalarini bajarilishi va ijrosini ta’minlaydi; 

  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziligi tomonidan yuboriladigan xatlar va ko’rsatmalar ijrosini ta’minlaydi va hisobotlar tayyorlaydi; 

  • O’zbekistondagi akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpuslar, vakolathonalar, donor tashkilotlar bilan munosabatlarni o'rnatadi va rivojlantiradi.

  • NamDU bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtiradi, va bajarilishini nazorat qiladi; 

  • Universitetga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirаdi;   

  • Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish ishlarini olib boradi;

  • Universitetning ilmiy tadqiqotchilari, doktorantlari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalari uchun ta’lim grantlari va ilmiy tadqiqodlari uchun fond mablag’larini olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga ko’mak beradi va ularga yo’l yo’riq ko’rsatadi; 

  • Universitetning ilmiy tadqiqotchilari, doktorantlari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalari chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’mak beradi va muvofiqlashtiradi;

  • Universitetning ilmiy tadqiqotchilari, doktorantlari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalarining ilmiy va akademic salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTEDOD” jamg’armasi, DAAD, ITEC, MTCP, SCP, TCDC, Erasmus
    Mundus, SIDA, JICA, KOICA, UNECO va boshqa xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi.
     

O'qilgan: 2394 marta So'ngi o'zgartirish: Chorshanba, 03 Fevral 2016 17:10

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.