wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 15 Fevral 2017 00:00

ModeHED loyihasi tomonidan NamDUga laboratoriya jihozlari berildi

Joylashtirdi: 

Xozirgi kunda ModeHEd loyihasi doirasida Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi, dotsent A.N.Aripov raxbarligida ishchi guruh a`zolari C.A.Mavlanova, O.N.Imomov, N.N.Soliyevlar ishtirok etib kelmoqdalar.

Loyiha bo`yicha ko`p ishlar amalga oshirildi jumladan: Yosh fiziologiyasi va gigena, Valeologiya asoslari va Tibbiy bilim asoslari fanlarini o`qitilishini modernizatsiyalashda ushbu fanlarning namunaviy dasturlariga yevropa ittifoqi tajribalarini joriy qilinishini nazarda tutgan holda o`z taklif va mulohazalarini berdilar. Bunga asos Toshkentda 2016-yil 29-31-martda bo`lib o`tgan hamkorlarning birinchi koordinatsion yig`ilishi va 2016-yilning noyabr oyi ohirgi 10 kunligida Chexiya (Praga) va Slovakiya (Koshitsa) davlatlari universitetlarining tibbiyot fakultetlarida hamkorlarning ikkinchi koordinatsion yig`ilishi bo`lib o`tdi NamDU fiziologiya kafedrasidan loyiha ishtirokchilari (A.Aripov, C.Mavlanova, N.Soliyev) ishtirok etib qaytdilar. Ushbu yig`ilishda ko`rilgan masalardan biri universitetlarni zamonaviy aspob uskuna va jihozlar bilan ta`minlash masalasi bo`ldi. 2017-yil yanvar oyining ikkinchi yarmida yuborilgan aspob uskuna va jihozlar bizning universitetga ham yetib keldi hozirgi kunda fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining ihtiyoridagi xonalardan biriga bu jihozlar olib kirib o`rnatildi va o`quv jarayonida foydalanilmoqda. Jihozlar ichida organ va sistemalarning zamonaviy modellari, turli hil mulyajlar va birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan imitatsion modellar bor.

Manbaa: NamDU, Xalqaro aloqalar bo'limi

O'qilgan: 107 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.