wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 06 Aprel 2017 00:00

Namangan davlat universitetida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun targ‘iboti  tadbiri o‘tkazildi. 

Joylashtirdi: 

2017 yil 5 aprel kuni Namangan davlat universiteti katta majlislar zalida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun targ‘iboti  tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori professor A.Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R. Kabulov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi  katta o‘qituvchisi X.Turabboyev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta ilmiy-xodim izlanuvchisi A.Muradov, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.P.Xo‘jaqulovlar hamda universitetning Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari  ishtirok etdilar. 

Tadbirni universitet rektori. professor A.Umarov ochdi va olib bordi. 

Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R. Kabulov “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Mazkur qonun  O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir deb ta’kidladi. Tadbir so‘ngida talabalar qonun mazmun moxiyati va kelgusida amalga oshiriladigan masalalar to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev

O'qilgan: 6591 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.