wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 13 Aprel 2017 00:00

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi qonunining mazmun-mohiyati mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017-yil   12-aprel kuni Namangan davlat universiteti kichik majlislar zalida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi

qonunining mazmun-mohiyati mavzusida targ‘ibot  tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori professor A.Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta ilmiy-xodim izlanuvchisi A.Muradov hamda ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzaev hamda universitet talabalaridan 305 nafari  ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori, professor A.Umarov ochdi va olib bordi. Targ‘ibot  tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta ilmiy-xodim izlanuvchisi A.Muradov  "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi qonunining  mazmun-mohiyati  mavzusida  to‘g‘risida ma'ruza qildi.  U ma'ruzada Huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir asosiy tushunchalar, huquqbuzarliklar  profilaktikasi sub'ektlari va boshqa ishtirokchilarning asosiy vazifalari, vakolatlari, ular faoliyatining asosiy prinsiplari, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari, turlari va shakllari  hamda ushbu sohadagi boshqa masalalarni huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi qonuni: birinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni qonun darajasida kompleks tartibga solish imkonini bergani; ikkinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etishga xizmat qilgani; uchinchidan, huquqbuzarliklar profilakti­kasida inson huquq va erkinliklarining daxlsizligini kafolatlagani; to‘rtinchidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi sub'ektlari tizimini va ularning vakolatlarini aniq belgilagani hamda ular o‘rtasidagi hamkorlikning, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini yaratishi bo‘yicha ma'lumotlar berdi.Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi boshlig‘i   I.Atamirzaev

O'qilgan: 10815 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 18 Aprel 2017 11:26

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.