wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 08 Avgust 2016 00:00

Istiqlolning 25 yilligiga munosib tuhfa

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universitetida talaba-yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish, ularni iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish borasida qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtidorli talaba-yoshlarni ilk paytlardanoq tajribali professor-o‘qituvchilarga biriktirilishi natijasida, ularda talabalik davridayoq ilmiy-ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqish ortib, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.

Mana shunday an’ana samarasi sifatida Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagog-defektolog A’zamjon Xusanov va Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodika mutaxassisligi magistranti Sardor Rustamov faoliyatini ko‘rsatib o‘tish joiz. Ular o‘rtasida qariyb olti yildan buyon ustoz-shogird an’analari rivojlantirilib, ibratli ish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan yillar davomida ustoz va shogird tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash, ular muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida A.Xusanov va S.Rustamovning “Imkoniyati cheklangan bolalarni kamol topishida korrektsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli monografiyasi (15 bosma taboq) va “Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashning me’yoriy-huquqiy asoslari to‘plami” (12,5 bosma taboq) nashr etildi.

“Imkoniyati cheklangan bolalarni kamol topishida korrektsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli monografiya defektolog mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, pedagogik va tibbiyot soxasidagi kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari, oilasida imkoniyati cheklangan farzandlari bo‘lgan ota-onalar hamda tibbiy psixologik komissiya, tashxis markazlari xodimlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy jihatdan kamol topib borishining davrlari, ta’lim jarayoni va aqliy jihatdan rivojlanishdagi o‘zaro mutanosiblik, jarayonni pedagogik tahlili, imkoniyati cheklangan bolalarni tabaqalashtirishning muhim jihatlari, ular bilan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari o‘z aksini topgan. Monografiya yakunida maxsus terminlarning izohli lug‘atini qayd etilishi kitobning ilmiy qiymatini yanada oshirgan.

“Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashning me’yoriy-huquqiy asoslari to‘plami”da esa O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodni ma’nan yetuk, aqlan va jismonan sog‘lom etib kamol toptirish ustuvor siyosat darajasiga ko‘tarilganligiga e’tibor qaratgan mualliflar avvalo, imkoniyati cheklangan bolalar toifalari haqida qisqacha tushuncha berib o‘tilgan. Mazkur to‘plamda xalqaro (“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya”) va O‘zbekistondagi me’yoriy-huquqiy asoslar o‘z aksini topgan.

O‘ylaymizki, “Imkoniyati cheklangan bolalarni kamol topishida korrektsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli monografiya va “Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashning me’yoriy-huquqiy asoslari to‘plami”ning nashr etilishi defektologiya soxasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar uchun muhim qo‘llanma vazifasini o‘tashi shubhasizdir.

Alisher ISOQBOYEV, Namangan davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori

O'qilgan: 2748 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 05 Yanvar 2017 13:17

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.