wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 05 Yanvar 2017 00:00

MODEHED loyihasi

Joylashtirdi: 

Namangan davlat universiteti Erazmus  dasturi doirasidagi MODEHED loyihasida ishtirok etmoqda.
Erazmus  dasturi Yevropa Ittifoqining yangi dasturi bo‘lib, ta’lim, yoshlarni o‘qitish va sport yo‘nalishlaridagi loyihalar, hamkorlik va almashuv dasturlarini qo‘llashga qaratilgan 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan dastur.

MODEHED - Universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash
Loyihaning umumiy byudjeti:  776 292 yevro
Amalga oshirish muddati: 2015 - 2018 yillar


MODEHED loyihasi  tibbiy bilimlar bilan bog‘liq 7 ta o‘quv dasturlarini modernizatsiyalashga qaratilgan. Loyiha 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni amalga oshirish  davomida “Valeologiya”, “Tibbiy bilim asoslari”, “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”, “Sport meditsinasi”,  “Davolash fizkulturasi va sport gigiyenasi”, “Jamoat sog‘ligi va uni boshqarish”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash” bo‘yicha o‘quv dasturlar qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
 
Loiyha hamkorlari:


•    Leyptsig amaliy fanlar universiteti (Germaniya) - loyiha koordinatori;
•    Pragadagi Karlov universiteti (Praga, Chexiya);
•    Pavel Yozef Shafarik universiteti (Koshitsa, Slovakiya);
•    Farg‘ona davlat universiteti;
•    Toshkent tibbiyot akademiyasi;
•    Namangan davlat universiteti;
•    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi;
•    O‘zbek davlat jismoniy madaniyat va sport instituti;
•    Buxoro davlat tibbiyot instituti;
•    Andijon davlat universiteti;
•    Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
•    O‘zbek tibbiy-pedagogika assotsiatsiyasi;
•    Asfendiyarov nomidagi Qazax milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston);
•    Janubiy Qozog‘istondagi  davlat farmatsevtika akademiyasi (Qozog‘iston);
•    Qozog‘iston davlat ayol o‘qituvchilar tayorlash universiteti (Qozog‘iston).


Loyiha bo’yicha to’liq ma’lumotni www.modehed.uz  web saytidan olish mumkin.

    Namangan davlat universiteti Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professor o`qituvchilari 2016-yil 20-27-noyabr kunlari Evropa Ittifoqining Erasmus+  dasturi doirasida bajarilayotgan “ModeHEd-O’zbekiston Respublikasi universitetlarida tibbiyotga oid fanlarni o’qitilishini modernizatsiyalash” loyihasi bo’yicha Slovakiya va Chexiya davlatida hamkorlarning 2-chi Koordinatsion yig’ilishida ishtirok etib qaytishdi. Koordinatsion yig`ilishda O’zbekiston, Qozog’iston, Gemaniya, Slovakiya va Chexiya davlatlaridan hamkorlar ishtirok etishdi.
        20-23-noyabr kunlarida Koordinatsion yig`ilishning birinchi qismi Slovakiya davlatining Koshitsa shaxridagi Pavol Jozef Safarik universitetining tibbiyot fakultetida ilmiy-amaliy konferentsiyasi shaklida bo’lib o’tdi. Unda universitetning bir qator professorlari ilmy ma`ruzalar qilishdi, universitetning biofizika, neonatologiya, biotexnologiya, bioinjineriya, pulmonalogiya va kardiologiya bo’limlari o’quv laboratoriyalariga tashrif buyurdilar va o’quv jarayonida qo’llanilayotgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari (apparatlar, priborlar, jixozlar) bilan tanishdilar va ularni qanday maqsadlarda qo’llanilishi to’g’risida tushunchalar berdilar.
        24-26-noyabr kunlarida Koordinatsion yig`ilishning (davomi) ikkinchi qismi Chexiya davlatining Praga shaxridagi Karlov universitetining tibbiyot fakultetida ilmiy-amaliy konferentsiya shaklida bo’lib o’tdi. Unda hamkor davlatlardan bir qator professorlar va yosh olimlar ma`rulalar qildilar va universitetning stomotologiya, fiziologiya bo`limlariga hamda universitetning o`quv xonalariga tashrif buyurib  o’quv jarayonida qo’llanilayotgan zamonaviy laboratoriya jixozlari bilan tantishtirdilar. O’quv jarayonida qo’llanilayotgan multimediyali ta’lim, 3D –model va animatsiyalarini qo’llanilishlarini nazariy o’rganildi va amaliy tanishib chqiqildi. 26-noyabr kuni hamkorlarni 2-koordinatsion yig`ilishiga yakun yasaldi va dastur doirasida kelgusida bajariladigan ishlarga kelishib olindi.

O'qilgan: 1040 marta So'ngi o'zgartirish: Shanba, 18 Mart 2017 10:08

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.