wrapper

Yangiliklar

Dushanba, 27 Mart 2017 00:00

Navro‘z haqida yangi ilmiy tadqiqot

Joylashtirdi: 

Navro‘z xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlab kelinayotgan bayramlarimizdan biridir. Uning tarixini o‘rganish va targ‘ib etish har bir ziyolining burchi hisoblanadi. 

Namangan davlat universiteti “Axborot guruhi” rahbari, Arxivshunoslik kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Isoqov va Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Isoqova hammuallifligida bu yilgi Navro‘z bayrami arafasida “Navro‘z - mustaqillik bergan ne’mat” nomli 17,5 bosma taboq hajmda ulug‘ ayyomga bag‘ishlab o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot jarayonida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma nashr etildi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma tarix fanlari doktori, professor A.Ashirovning mas’ul muharrirligida nashr etilgan bo‘lib, Navro‘z bayramining paydo bo‘lishidan toki hozirga qadar bo‘lgan tarixini tadrijiy bayon etilgan. Shuningdek, uslubiy qo‘llanmada Navro‘z bayrami haqidagi tarixiy ilmiy adabiyotlar chuqur tahlil etilgan.

Mualliflar Navro‘z bayramining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, uning muqaddas “Avesto” kitobi sahifalaridagi bitiklardan miloddan avvalgi birinchi ming yillikda yurtimizda mazkur bayramning keng nishonlanganligini asoslab berganlar. Ayni paytda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlarning Navro‘z bayrami bilan bog‘liq marosimlari, urf-odatlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilganlar.

Uslubiy qo‘llanma bilan tanishar ekansiz, unda nafaqat Navro‘z bayrami haqidagi balki yurtimizda qadim zamonlardan toki bugungi kunga qadar nishonlab kelinayotgan boshqa tarixiy qadriyatlarimiz haqida ham qimmatli ma’lumotlarni o‘qish mumkin.

Mualliflarga mazkur qimmatli uslubiy qo‘llanmani tayyorlab nashr ettirganligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirish bilan birgalikda ularning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.  

NamDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Alisher Isoqboyev

O'qilgan: 944 marta So'ngi o'zgartirish: Dushanba, 27 Mart 2017 10:02

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.