wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 05 Aprel 2017 00:00

“Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida targ‘iboti  tadbiri o‘tkazildi. 

Joylashtirdi: 

2017 yil 5 aprel kuni Namangan davlat universiteti katta majlislar zalida Namangan davlat universitetida ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida targ‘iboti  tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda universitet rektori professor A.Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R. Kabulov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi  katta o‘qituvchisi X.Turabboyev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta ilmiy-xodim izlanuvchisi A.Muradov, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.P.Xo‘jaqulovlar hamda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Tadbirni universitet rektori. professor A.Umarov ochdi va olib bordi. Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R. Kabulov  qonun mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi.  2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni” qabul qilingani, mazkur Qonun mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda katta ahamiyatga egadir ekanligini, bugungi kunda turli korxona, tashkilot va muassasalarda mazkur Qonun targ‘iboti yuzasidan qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i I.Atamirzayev

O'qilgan: 10642 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.