Print this page
Seshanba, 04 Aprel 2017 00:00

PF-4947-sonli farmon ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o'tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 4  aprel kuni Namangan davlat universitetining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strateriyasi”ning mazmun mohiyatini o‘rganish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi. Mazkur tadbirda universitetning Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Umarovning kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Targ‘ibot tadbirida   O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R.Kabilov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi  Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi dotsenti, podpolkovnik X.A.Turabboyevlar ishtirok etdilar. 

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R.Kabilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strateriyasi”ning mazmun mohiyatini o‘rganish bo‘yicha  ma’ruza qildi. Ma’ruzada har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim vazifalarga to‘htalib o‘tildi. 

Bo‘lim boshlig‘i I.Atamirzayev

O'qilgan: 12256 marta So'ngi o'zgartirish: Payshanba, 06 Aprel 2017 10:50