wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 25 Aprel 2017 00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Xalqaro insonparvarlik huquqi – insonparvarlik debochasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 25 aprel kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida Namangan viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkiloti, FJSHMQMI Namangan viloyati hududiy bo‘limi, Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlika “Hamma joyda barcha uchun” shiori ostida “Xalqaro insonparvarlik huquqi – insonparvarlik debochasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyani O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkiloti raisi D. Sayfitdinova va fakultet dekani N.Dexkanovlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi hamda konferensiya ishiga omad tilashdi. 

Dastlab konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati faoliyati haqidagi “Ezgulik” hujjatli filmi namoyish etildi. So‘ngra ma'ruzachilar tomonidan konferensiya mavzusiga doir mavzularda ma'ruzalar qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkiloti raisi D.Sayfitdinova “Xalqaro insonparvarlik huquqi – gumanitar faoliyatning bir qismi” mavzusida, universitet dotsenti B.Isoqov “Xalqaro insonparvarlik huquqi: o‘tmish va bugun” mavzusida, fakultet dekani N.Dexkanov “Xalqaro insonparvarlik huquqi va ta'lim” mavzusida, Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Abdullayeva “O‘zbek oilasi va insonparvarlik tarbiyasi” mavzusida, tarix fanlari nomzodi N.G‘ofurov “Xalqaro insonparvarlik huquqi targ‘ibotida davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusida, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi L.Mamasaidov “Xalqaro insonparvarlik huquqining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida ma'ruzalar qilishdi.  

Konferensiya savol-javob tarzida bahs munozara asosida davom ettirildi. Konferensiya yakunida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkiloti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti jamoasiga konferensiyani yuqori saviyada o‘tganligi uchun esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Fakultet jamoasi ham ushbu tashkilotga professor-o‘qituvchilar tomonidan yangi nashr etilgan adabiyotlardan sovg‘a qilishdi hamda kelgusida hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Mazkur konferensiya to‘g‘risidagi ma'lumot Namangan viloyati televideniesiga tasvirga olindi va “Namangan haqiqati” gazetasi muxbirlari tomonidan e'lon qilinishi rejalashtirildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani N.Dexkanov

O'qilgan: 10200 marta So'ngi o'zgartirish: Seshanba, 25 Aprel 2017 13:21

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.