wrapper

Yangiliklar

Juma, 05 May 2017 00:00

“Qora dori 2017” yoki “Giyohvandlikka qarashi kurash” 

Joylashtirdi: 

2017 yil 4 may kuni universitet katta faollar zalida “Profilaktika kuni” munosabati bilan Qora dori 2017” yoki giyohvandlikka qarashi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Namangan viloyat IIB jinoyat qidiruv va terorizimga qarshi kurash boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Muzaffar Mu’talov,  mayor Joxongir Sultonov, kapitan Murod Xomidov, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboyev, professor-o‘qituvchilar va uchyuz nafar talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev tapshrif buyurgan mexmonlar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Ma’ruza uchun so‘z Namangan  IIB jinoyat qidiruv va terorizimga qarshi kurash boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Muzaffar Mu’talovga berildi. M.Mu’talov o‘z so‘zida norkotik moddalarning inson salomatligi, jamiyat taraqqiyoti va yosh avlodning porloq kelajagiga jiddiy xavf ekanligi, anashu zaxriqotilning kasriga qanchadan-qancha oilar, hattoki voyaga yetmagan yoshlar qolayotganligi ularning hayoti tubanlikka yuz tutayotganligi bugungi tahlikali zamonda barchani ayniqsa kelajakda pedagog kadr bo‘lib kamol topadigan universitet talabalarga katta masuliyat yuklashini takidladi.

So‘z mayor J.Sultonovga berildi. U o‘z nutqida giyohvandlik moddalarining tarqalishi, bugungi kunda davlatimiz tomonidan unga qarshi kurash choralari hususida to‘xtalib, qonunchildigimizda narkotik moddalar istemoli va oldi-sotti ishlarida bevosita va bilvosita ishtirok uchun qanday javobgarliklar belgilanganligi to‘g‘risida atroflicha tushuntirdi.

Tadbir davomida giyohvandlik oqibatlarini o‘zida aks ettirgan “Qabohat” nomli videorolik namoish etildi. Talabalar ushbu videorolikda ro‘y bergan voqeliklardan tegishli xulosalar oldilar. Videorolik namoishidan so‘ng talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Uchrashuv so‘ngida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoboyev, “Profilaktika kuni” munosabati bilan universitetga tashrif buyurib oliygoh jamoasiga narkotik moddalarning zararli oqibatlari hususida yana bir bor targ‘ibot ishlarini olib borgani uchun viloyat IIB xodimlariga o‘z minnaddorchiligini bildirdi.  

NamDU, Ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektor A. Isoqboyev

O'qilgan: 5650 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.