wrapper

Yangiliklar

Juma, 05 May 2017 00:00

“9-May-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi

Joylashtirdi: 

2017 yil 4 may kuni universitet faollar zalida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan guruh ishtirokida “9-May-Xotira va qadrlash kuni” munosabati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika targ‘ibot ishchi guruhi a’zolari Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Eshmuhammad Qodirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqumiy tetri aktyori Boir Xolmirzayev, “Ovozi tojik” gazetasi bo‘lim muharriri, shoir Muhammadjon Shodiyev, Muqumiy teatri aktyori Nurbek Mamatov, Xonanda To‘ra Muxtorovlar hamda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev, “Kamolot” YoIH universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sh.Mamadaliyev, professor-o‘qituvchilar va uchyuz nafar talabalar ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbiri avvalida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev ishchi guruh a’zolari bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirdi.

Ma’ruza uchun so‘z Respublika targ‘ibot ishchi guruhi raisi Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Eshmuhammad Qodirovga berildi. E.Qodirov o‘z so‘zi avvalida gullar shahri Namanganda joylash “otaxon” ta’lim dargohi sanalmish universitet jamoasining iliq kutib olganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng urushning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida to‘xtalar ekan, ajdodlarimizning bugungi osoyishta, tinch zamon uchun o‘z jonlarini ayamay kurashganlari uchun ularning porloq xotiralariga doim yuksak xurmatda bo‘lishimiz bugungi kungacha umir guzaronlik qilayotganlarini doimo xizmatlarida bo‘lib, o‘gitlariga quloq tutib yashasak mamlakatimizda mavjud tinchlik, to‘kin-sochinlikning qadriga yetib, avaylab asrashimiz shubhasizligini ta’kidladi.

Keyingi navbat O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqumiy tetri aktyori Boir Xolmirzayevga berildi. Xalqimizning sevimli aktyori Boir Xolmirzayev xotira tuyg‘usi xar bir shahsning kamolotida muhum o‘rin tutishi, insonning kelajagini belgilab berishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini aytdi. Vatanni sevish, o‘z taqdiri vatan taqdiridan ayro tushush katta musibat ekanligi xususida bir qancha misollar bilan ta’kidladi.

Muqumiy teatri aktyori Nurbek Mamatov va xonanda To‘ra Muxtorovlar tadbir davomida o‘z chiqishlari bilan talaba yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Isoqboyev tadbir so‘ngida tashrif buyurgan mexmonlarga universitet jamoasi nomidan o‘zining chuqur minnaddorchiligini bildirib bunday uchrashuvlarni ko‘plab o‘tkazilishi talaba-yoshlarimizning ruhiyatida ajdodlarimizning yetuk ma’naviy va moddiy meroslariga nisbatan qadr tuyg‘usini shakillantirishini ta’kidladi.

NamDU, Ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektor A. Isoqboyev

O'qilgan: 2776 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.