wrapper

Yangiliklar

Seshanba, 18 Iyul 2017 00:00

«Polimerli kompozitlar fizikasi va kimyosi hamda konstruktsion materiallar texnologiyasini dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro anjumani o‘lib o‘tdi.

Joylashtirdi: 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishi xamda Namangan viloyati hokimining 2017 yil 15 fevraldagi    6-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2017 yil 12-13 iyul kunlari Namangan davlat universitetida o‘tkaziladigan «Polimerli kompozitlar  fizikasi va kimyosi hamda konstruktsion materiallar texnologiyasini dolzarb muammolari» mavzusidagi xalqaro anjumani o‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda jahonning ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan va amaliyoti bilan shug‘ullanayotgan muassasa va korxonalardan jami 561 nafar soha mutaxassislari va olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Hususan, bular Germaniyadan 2 nafar, Xitoy Xalq Respublikasidan 4 nafar, Yaponiyadan - 4 nafar, Malayziyadan 2 nafar, Rossiyadan 22 nafar, Ukrainadan 5 nafar, Qozog‘istondan 13 nafar, Turkmanistondan 1 nafar,  Italiyaning «Turin politexnika instituti» Toshkent filialidan 3 nafar xamda  O‘zbekistonning 55 ta oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tadqiqot institutlaridandir.
Anjumanda, O‘zbekiston va Qozog‘iston ilmiy va ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan akademiklarimiz S.Sh.Rashidova, S.S.Nigmatov, A.Mamadolimov, R.A.Mo‘minov, S.To‘xtayev, A.Raxmonberdiyevlar  va sohaning yetakchi 35 nafar fan doktorlari, professorlari ishtirok etishdi. Xalqaro anjumanda jami 76 ta muassasadan 617 nafar soxa mutaxassislarining ilmiy ma’ruzalari tezislari 2 qismdan iborat to‘plamda 328 ta maqolalar sifatida nashr etildi.
Anjuman natijasi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Soha oldida turgan muammolar, ularning yechimi va kompozitson materiallar yaratish istiqbollari, ularni nanotexnologiyalar asosida takomillashtirib borishdek vazifalar belgilab olindi. Ushbu sohani rivojlantirishda halqaro miqyosdagi xamkorlikka alohida etibor berish kerak ekanligi belgilab olindi. 
Halqaro xamkorlik masalalari yuzasidan anjuman yakunida amaliy natijaga erishildi, Namangan davlat universiteti Rossiya federatsiyasining Ural davlat pedagogika universitetiga qarashli “Rasplav” ilmiy-o‘quv markazi bilan xamda Xitoy halq respublikasining Shinjon viloyati kimyo va fizika texnika instituti bilan kompozitsion polimerli materiallar tadqiqoti bo‘yicha qo‘shma loyiha shakllantirishga kelishib olindi.

Manbaa: NamDU Ilmiy bo'lim

O'qilgan: 9335 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.