wrapper

Yangiliklar

Juma, 08 Sentyabr 2017 00:00

Sportchilar tadbiri boshqacha bo‘ladi

Joylashtirdi: 

Xabaringiz bor Namangan davlat universitetida “Birinchi kurs maktabi” shioridagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun ham universitetning Jismoniy madaniyat fakultetida ushbu toifadagi tadbir katta bayram ko‘rinishini oldi.

Tadbirni universitet rektori t.f.d., professor A.Umarov ochib berib, talabalarni qizg‘in tabriklagan holda, talabalik mas’uliyati bu - avvalo vatanparvarlik, yurtga sadoqat va ilm dargohiga hurmat, ota-ona va ustozlarning ishonchini oqlay bilish mas’uliyati ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda birinchi kurs talabalari jamlanganligini inobatga olgan holda, ularga ta’lim muassasasining ichki-tartib qoidalari hamda umumiy etika tushunchalari, shuningdek, universitet rahbariyatini yaqindan tanishtirib o‘tildi.

Ayniqsa, jismoniy madaniyat fakultetiga eng yuqori ball qayd etib talabalikka qabul qilingan Abdug‘aniyev Baxtiyor va Kenjaboyeva Shaxnozalarning dil izhorlari va ota-otalarning bildirgan tabrik so‘zlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. O‘z navbatida tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining talabalarga qaratilgan katta imkoniyatlarini bayon etilgani katta qiziqish bilan tinglandi.

Sport chiqishlariyu turli karate ko‘rinishlari hamda yosh gimnastikachilarning sportcha raqslarini havola etgan bu fakultet, o‘quv yili boshidanoq talaba va ustozlarga katta g‘ayrat-shijoat ulashdi.

Yakunda fakultet dekani p.f.n., dotsent S.Azizov talabalarni qutlab, sport va jismoniy tarbiyaning muntazamligi ertangi g‘alaba va chempionlik uchun chinakam zamin yaratishi va bu yo‘lda har bir talaba o‘zining bor imkoniyatini ishga solib, yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarishi lozimligiga alohida urg‘u qaratdi.

Bu kabi tabdirlar hali davom etadi, bizni kuzatib boring.

Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan davlat universiteti yetakchisi.

O'qilgan: 6610 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.