wrapper

Yangiliklar

Juma, 08 Sentyabr 2017 00:00

Velomarafon sport bayramiga aylandi

Joylashtirdi: 

Bugun mamlakatimiz yoshlari tomonidan sportning barcha turlariga katta qiziqish bilan munosabat bildirilmoqda. Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Yoshlar-tur” an’anaviy yoshlar velomarafonida ham nafaqat velosportchilar yoki ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari, balki mahallalardagi uyushmagan yoshlar qatlami ham o‘z velosipedlari bilan marafonning start chizig‘ida shay bo‘ldilar.

“O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 79-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sport tadbiri chinakam sport bayramiga aylandi.

Mazkur ommaviy sport tadbirida Namangan davlat universiteti talabalari ham alohida faollik bilan ishtirok etdilar. Velopoygalarda ishtirok etish istagidagi jami 50 nafar universitet yoshlari o‘z velosipedlari bilan marafon ishtirokchilari safidan joy olgan bo‘lsa, 200 nafardan ortiq talabalar o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida finish chizig‘ida jonli yo‘lak hosil qildilar.

Garchi universitet talabalari g‘oliblar safidan joy olmagan bo‘lsalarda, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandilar.

Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi|
Namangan davlat universiteti yetakchisi.

O'qilgan: 2182 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.