wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 05 Oktyabr 2017 00:00

“Yosh olimlar jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy omili sifatida” mavzusidagi Tabiiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan davra suhbati

Joylashtirdi: 

Oxirgi yillarda mamlakatimizda yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an'analarini davom ettirish hamda yangilarini shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlarni kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish, qo‘llab-quvvatlash, OTMlarda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta'lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta'minlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targ‘ib qilishda ko‘maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi faoliyatlar butun Respublikamizda bo‘lgani kabi Namangan davlat universitetida ham yosh olimlarni ilmiy ishlarga jalb etish asosiy masala sifatida qarab kelinmoqda. NamDU Yosh olimlar Kengashi tomonidan doimiy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan davra suhbati Tabiiy fanlar fakultetida o‘tkaziladi.Yosh olimlar Kengashi hamda geografiya fanlari nomzodi A.Baratov tomonidan tashkil etilgan tadbirda A.Baratov Tabiiy fanlar fakulteti, Geografiya yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar bilan fikr almashib olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Geografiya kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi sababli o‘tgan o‘quv yilida 8-ta maqola chop etilganligi bilan birga 3-kurs talabasi  X.Naimov Geografiya fanidan Respublika fan olimpiadasida faxrli birinchi o‘rinni egallaganligini aytib o‘tdi. Shu masala yuzasidan NamDU Yosh olimlar Kengashi raisi S.Rustamov Bugungi kunda Respublikamizda yoshlarga juda katta imkoniyatlar berilganligi, ularni dunyoning xohlagan oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyatlari mavjudligi, innovatsion ishlanmalar, turli hildagi davlat grantlarinining mavjudligi, xususan, 2017 yil 25 oktyabrgacha Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan faqatgina 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar uchun Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida e'lon qilingan grant tanlovlari, davlat stipendiantlari bo‘yicha iqtidorli talabalar va yosh olimlarga ma'lumot berib o‘tdi. Jumladan, Namangan davlat universitetining rivojlangan xalqaro oliy o‘quv yurtlari bilan bir qator shartnomalar tuzganligi bayon etildi hamda talabalardan Ulug‘bek  Abbosov va Xusnidin Naimovlarning Universitet bilan shartnoma tuzgan oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish sharoitlari xaqidagi savollariga javob berildi.
NamDU geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Baratov
NamDU Yosh olimlar Kengashi raisi S.Rustamov

O'qilgan: 1125 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.