wrapper

Yangiliklar

Shanba, 21 Oktyabr 2017 00:00

BARCHA QURILISH-TA`MIRLASH ISHLARINI AMALGA OSHIRUVCHI KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

Joylashtirdi: 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3237-son qarori talablaridan kelib chiqib, universitetning pedagogika va jismoniy madaniyat fakul’teti (8-bino) o’quv binosi tom qismini mukammal ta`mirlash ishlarini bajarib berish bo’yicha eng maqbul takliflarni tanlab olish maqsadida tanlov o’tkazilishini e`lon qiladi.

Ishlarning boshlang’ich qiymati (loyixa-smeta xujjatlari va ekspertiza xulosasiga asosan) 70.958.020 (etmish million to’qqiz yuz ellik sakkiz ming yigirma) so’m (QQS siz), yakunlash muddati 20 kun.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar loyixa-smeta xujjatlari bilan (ilovadagi faylda) tanishishlari va 10 kun muddat ichida tanlov komissiyasiga o’z takliflarini berishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi shart:
- tanlov savdolariga faqatgina qurilish-pudrat ishlarini bajarish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo’lgan tashkilotlar ishtirok etishlariga ruxsat etiladi;
- tashkilotning bankdagi asosiy xisob raqamida inkasso topshiriqnomalari (soliq va boshqa to’lovlar bo’yicha) yo’qligi to’g’risida bank ma`lumotnomasiga;
- ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo’lgan mexnat resurslariga;
- mutaxassislarning mavjudligiga;
- tanlovdagi inshootga o’xshash ob`ektlarda ishlash tajribasiga ega bo’lgan;
- etarli kasbiy, texnikaviy malakaga va moliyaviy imkoniyatlarga;
- shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik muomala xuquqiy layoqat va vakolatlarga ega, tajribali va ishonchli bo’lishlari shart.

Qo’shimcha ma`lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Namangan shaxri, Uychi ko’chasi, 316-uy.
Telefonlar: (369) 227-01-44, 227-31-00.
 

№ 6 21.10.2017y.

 

ilova1: Loyiha - smeta hujjatlari.

ilova2: Ekspertiza hulosasi.

 


 

O'qilgan: 2776 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.