wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 25 Oktyabr 2017 00:00

NamDU talabasi chempion bo‘ldi

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqasiga respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalaridan sportchilar qatnashdi.Xususan, Namangan davlat universiteti Geografiya mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ochilboev Bahodir ushbu musobaqaning estafeta 4x100 yugurish turida 43,20 natija ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Ayni paytda chempion Ochilboev Bahodir, o‘zi geografiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishiga qaramay, uch karra O‘zbekiston chempioni hamda sport ustaligiga nomzod sanaladi.Bugungi kunga qadar juda ko‘p sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, 2009 yil Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Umid nihollari” sport musobaqalarida yengil atletika bo‘yicha oltin medal, 2011 yil Termiz shahrida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarida bronza medali sohibi bo‘lgan.Shuningdek B.Ochilboev, universitetda yoshlar ittifoqining faol a'zosi sifatida sport-salomatlik yo‘nalishining ko‘plab loyihalarida barchaga namuna bo‘lib kelmoqda.
Saidakbar MUTALOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan davlat universiteti
boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

O'qilgan: 2667 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.