wrapper

Yangiliklar

Payshanba, 26 Oktyabr 2017 00:00

Biz oiladagi zo‘ravonlikka qarshimiz!

Joylashtirdi: 

Joriy yilning 20 oktyabr kuni universitetning kichik majlislar zalida “Biz oiladagi zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida seminar –trening tashkil etildi. Seminarda hozirgi vaqtda dolzarb muammo sanalayotgan oiladagi zo‘ravonlik holatlari va u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy illatlarni bartaraf etish, bu borada ota-ona, kelin-kuyov hamda farzandlarning oiladagi mas'uliyati hamda ular tomonidan e'tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlarga alohida urg‘u berildi. Tadbirni universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Isoqboev ochib berib, o‘z so‘zida oila muqaddas maskan ekanligi, oilalardagi tinchlik va osoyishtalik jamiyat taraqqiyoti barqarorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi muhim omillar qatoriga kirishini ta'kidlagan holda, oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilishi ayniqsa kelajak egalari hisoblanmish yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek seminarda universitet psixologi S.Sadieva, pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Qurbanovalar, talaba-yoshlarga oilalardagi o‘zaro ziddiyatlar oqibatida yuzaga keladigan zo‘ravonlik xolati, ruxiy zo‘riqish, tajovuzkorlik va  o‘z joniga qasd qilish kabi jiddiy va nohush hollarni keltirib chiqarayotgani va ularni bartaraf etish choralari xususida gapirib o‘tishdi. Seminar-trening yakunida talaba-yoshlarni shaxsiy va vaziyatli xavotirlik darajasini o‘rganish maqsadida psixologik test o‘tkazildi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi. Test natijalari va muammoli savollar bilan murojat qilishlari uchun ishonch telefonlari eslatib o‘tildi.

Saidakbar MUTALOV, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi

O'qilgan: 2340 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.