wrapper

Yangiliklar

Chorshanba, 08 Noyabr 2017 00:00

“Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovinining universitet bosqichi o’tkazildi

Joylashtirdi: 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish  hamda targ’ib qilish bo’yicha  komissiya tuzish to’g’risida”gi  Farmoyishida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni muntazam va tizimli tarzda keng tashkil etish nazarda tutilgan.

Shu munosabat bilan Namangan davlat universitetida 2017 yil 7 noyabr kuni katta majlislar zalida fakultetlar jamoalarining “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovining universitet bosqichi o’tkazildi.Tanlovni universitet rektori A.Umarov va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Isoqboyevlar ochib berdilar. Tanlovda har bir fakultetdan 8 nafar ishtirokichini o’z ichiga olgan 6 ta jamoa ishtirok etdi.Tanlov uchta shart ya’ni, “Mustaqillik me’mori” nomli videorolik namoyishi, “I.Karimov asarlari yuzasidan savol-javob”, “I.Karimov asarlari yuzasidan test sinovi” shartlari bo’yicha o’tkazildi.Fakultet jamoalari tomonidan avvaldan tayyorlab kelingan 5 daqiqalik O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatini aks ettiradigan videorolik namoyish etdilar. Videorolik matnini aynan fakultet jamoasining 1 nafar ishtirokchisi tomonidan sharhlab berildi.Tanlovning navbatdagi sharti “I.Karimov asarlari yuzasidan savol-javob” bo’lib, ushbu shartda fakultet jamoalarining barcha ishtirokchilari sahnaga taklif etildi. Jamoa a’zolariga birma-bir O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  Islom Karimov asarlari bo’yicha savollar berildi. Savollarga ishtirokchilar sahnaning o’zida javob berdilar.“I.Karimov asarlari yuzasidan test sinovi” sharti bo’yicha ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  Islom Karimov asarlari bo’yicha 10 tadan test savollari berildi. Test savollariga jamoalar maslahatlashib eng to’g’ri bo’lgan javoblarni belgiladilar.Tanlovga ishtirokchilarning bilimlarini, iqtidorlarini baholab borish uchun Hakamlar hay’ati a’zolari “Xalq so’zi” va “Narodnoye slovo” gazetasining Namangan viloyatidagi muxbiri N.Abdullayev, “Ma’rifat saodati” gazetasining muharriri A.Umarov, universitet rektorining yordamchisi I.Ergashevlar taklif etildi.Tanlovdagi barcha shartlar bo’yicha ishtirokchilarning to’plagan umumiy ballari hisobida  universitetning Fizika-matematika hamda Pedagogika fakulteti talabalari uchinchi o’rinni, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, Tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari ikkinchi o’rinni hamda tanlovda faxrli birinchi o’rinni Filologiya fakulteti talabalari egalladilar. Tanlovda g’olib bo’lgan Filologiya fakulteti talabalari tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.Tanlov g’oliblari va ishtirokchilari universitet rektorining diplomi, ma’naviyat-ma’rifat bo’limining estalik sovg’alari hamda “Ma’rifat saodati” gazetasining maxsus sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor                 A.Isoqboyev

O'qilgan: 1665 marta

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.