wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Noyabr 2016

2016  yilning  25  noyabr kuni tashkil etilgan intellektual o’yinda kafedra pedagog - xodimlari, magistrlar va yo’nalish talabalari ishtirok etdilar. Unda 1-, 2- xamda 3 – kurs talabalaridan iborat jamoalar o’zaro bellashdilar. Tadbirni Geografiya kafedrasi mudiri X.Mirzaaxmedov ochib berdi va “Globus”  o’quv-ilmiy to’garagi faoliyati doirasida ko’plab tadbirlar o’tkazib kelinayotgani xususida to’xtalib, bu safargi tadbir boshqalaridan farqli ravishda keng qamrovda tashkil etilayotganini aytib o’tdi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoalarga omad tiladi.

Tadbirni kafedra o’qituvchisi B. Abdurahmonov olib bordi. Dastlab ishtirokchilarga intellektual o’yin shartlari tushintirildi. Xar bir to’g’ri topilgan javob uchun 25 ball to’plashi mumkinligi ma’lum qilindi.

Xar bir kursdan 4 nafar iqtidorli talabalardan iborat 3 ta jamoa  o’zaro  4 ta shart, yani: 1-Geografik kashfiyotlar, 2- Geografik voqea – hodisalar, 3- Geografik obyektlar, 4- Aralash – quralash shartlari  bo’yicha baxs olib bordilar.

Jamoalarning natijalari kafedra o’qituvchisi I.Soliyev va magistrlar I. Akaboyev va I. Mirzaahmedovlar tomonidan xisoblab bordilar. Jamoalar o’yin yakunida quyidagi natijalarni qo’lga kiritdilar:

1 – kurs talabalaridan iborat jamoa – 65 ball;

2 – kurs talabalaridan iborat jamoa – 25 ball;

3 – kurs talabalaridan iborat jamoa – 125 ball;

Tadbir yakunida kafedra dotsentlari SH.Jumaxanov va A.Baratovlar intellektual o’yin xususida fikr va mulohazalarini bildirib,  oldingi o’yinlardan sifat va mazmun jihatdan farqli va qiziqarli bo’lib o’tganligini e`tirof etdilar hamda ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlanitirish uchun tavsiyalar berdilar.

Kelgusi o’yin dekabr oyida bo’lib o’tadi.

 

 

 Geografiya kafedrasi mudiri:                                                                                     X.Mirzaaxmedov

 

 

2016 yil 28 noyabr kuni Namangan davlat universitetida Toshkent shahridan tashrif buyurgan bir guruh ijodkorlar va olimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiyaviy islohotlar va mamlakatni modernizatsiya  qilish  jarayonlari: maqsad va mohiyat”  nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovinining mazmun-mohiyatini tushuntirish, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunni targ‘ib qilish hamda Vazirlikning 2016 yil 22 noyabrdagi 87-02-464- sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 23 noyabr kuni universitet rektori A.Umarov raisligida 11 kishidan iborat ishchi guruhi shakllantirildi. Mazkur ishchi guruhi tarkibiga o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, o‘quv-uslubiy, ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i kiritildi. 

2016 yil 24 noyabr’ kuni Alisher Navoiy nomidagi musiqali, drama va komediya teatrida Muqumiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan Nurillo Abbosxonning “Jaydari kelin” spektakli namoyish etildi. Spektaklga Namangan davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari taklif etildi.  Tadbirda O’zbekiston Xalq artisti Mirza Azizov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Turg’un Beknazarov, Namangan viloyati xokimiligining mas`ul xodimi Toxirjon Dadaxanovlar ishtirok etdilar.

Ma`naviyat-ma`rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i I.Atamirzaev

Page 1 of 5

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.