wrapper

Yangiliklar

NamDU - Maqolalar sana bo'yicha tartiblangan: Iyul 2016

Таълим йўналишлари номи

Бино номи

Манзили

5120300 Тарих (мамлакатлар ва минтақалар бўйича)(ўзбек)

1-бино НамДУ Табиий фанлар

Уйчи кўча316-уй

5140100 Биология (турлар буйича)(ўзбек)

2-бино НамДУ Филология

Уйчи кўча316-уй

5140100 Биология (турлар буйича)(ўзбек)

3-бино НамДУ Физика

Уйчи кўча316-уй

5140100 Биология (турлар буйича) (ўзбек),

5140100 Биология (турлар буйича) (рус)

5112000- Жисмоний маданият (рус)

4-бино НамДУ Математика

Уйчи кўча316-уй

5111700 Бошланғич таълим ва спорт тарбиявий иш (ўзбек),

5111700 Бошланғич таълим ва спорт тарбиявий иш (рус)

5-бино НамДУ Педагогика ва жисмоний маданият факультети

Уйчи кўча 316-уй

5111306 Она тили ва адабиёти (рус тили ва адабиёти ўзга тилли гурухларда)

6-бино Наманган шаҳар, 31-мактаб

Намаган шаҳри, А. Хожаев кўчаси, 53- уй

5120101 Филология ва тилларни ўқитиш:)(ўзбек тили)

5140200 Физика (рус)

7-бино НамДУ Ижтимоий-иктисодий факультети

Наманган шаҳар Машраб кўча 24 уй

5130200 Амалий математика ва информатика

5640100- Хаётий фаолияти хавфсизлиги

8-бино Наманган шаҳар, 7-мактаб

Нодим Намангоний кўча 20-уй

5111400 Хорижий тил ва адабиёти (инглиз тили)(рус)

5111600 Миллий ғоя, маънавият асослари ва ҳуқуқ таълими

9-бино Наманган шаҳар, 38-мактаб

Қўқон кўча 147-уй

5130100 Математика (ўзбек)

10-бино Наманган қурилиш ва дизайн касб-хунар коллежи

Наманган шахар Нодира куча 6-уй

5140500 Кимё(ўзбек)

11-бино Наманган шаҳар, 17-мактаб

Беш капа кўча 17-уй

5220300 Архившунослик

5610400 Ижтимоий маданий фаолият

12-бино Наманган шаҳар, 11-мактаб

Бобур шоҳ кўча 49 уй

5140200 Физика (ўзбек)

5120300 Тарих (мамлакатлар ва минтақалар бўйича)(рус)

13-бино Наманган шаҳар, 27 мактаб

Бобур-шох кўчаси, 149 уй

5120112 Филология ва тилларни ўқитиш: (инглиз тили)

5140600 География

14-бино Маиший хизмат коллежи (Агротадбиркорлик коллежи)

Бобуршох кўча 160-уй

5110900 Педагогика ва психология

15-бино НамДУ қошидаги 1- Академик лицей

Наманган шаҳар Бобуршох кўча 162 уй

5110900 Педагогика ва психология

5610535 Спорт фаолияти (аёллар спорти йўналишлари бўйича) (ўзбек),

5610535 Спорт фаолияти (аёллар спорти йўналишлари бўйича) (рус)

16-бино НамДУ қошидаги 1- Академик лицей

Наманган шаҳар Бобуршох кўча 162 уй

5630100 Экология ва атроф мухит мухофазаси (тармоқлар ва соҳалар бўйича)

5111100 Мусиқа таълими

17-бино Ижтимоий иктисодий ва педагогика коллежи

Наманган шаҳар, К. Атамирзаев кўча 72 уй

5111400 Хорижий тил ва адабиёти (инглиз тили)(ўзбек)

18-бино НамДУ қошидаги 2- Академик лицей

Уйчи кўча 12-уй

5111400 Хорижий тил ва адабиёти (инглиз тили)(ўзбек)

5140500- кимё (рус)

5110800 Тасвирий санъат ва мухандислик графикаси

5130100 Математика (рус)

19-бино Наманган шаҳар, 16 мактаб

Уйчи кўча 228-уй

5120113 Филология ва тилларни ўқитиш: (немис тили)

5111017 Касб таълими: иқтисодиёт

20-бино Наманган шаҳар, 40-мактаб

Намангансой кўча 10 уй

5112000 Жисмоний маданият (ўзбек)

21-бино Наманган шаҳар, 70-мактаб

Наманган шаҳар Меҳнатобод МФЙ Баландариқ ҚФЙ 15-уй

5111800 Мактабгача таълим

22-бино Наманган шаҳар, 35-мактаб

Гўзал дахаси 46-уй

 

 

Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori T. Fayzullayev, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi, dotsent N. Dexkanov, Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi R. Imomovlar hammuallifligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab, “Namangan mustaqillik yillarida” (Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar 1991-2016 yy.) nomli kitob (8,5 bosma taboq) nashr etildi. Tarix fanlari doktori, professor A. Rasulov mas’ul muharrirligida chop etilgan mazkur risola o‘zining faktik va tahliliy ma’lumotlarga boyligi bilan alohida ahamiyatga egadir.

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida erkin va ochiq dasturiy ta’minot masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Janubiy Koreya forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda ikki mamlakatning aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, dasturiy ta’minot va elektron mahsulotlar ishlab chiqarish kabi qator sohalarga ixtisoslashgan kompaniya va konsernlari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, ishbilarmonlar, olimlar, yetakchi ekspertlar hamda nufuzli ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Fayzullayev va boshqalar O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori axborot texnologiyalari sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Prezident Pak Kin Xening 2014-yil iyunda O‘zbekiston Respublikasiga va Prezident Islom Karimovning 2015-yil mayda Koreya Respublikasiga davlat tashriflari o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Davlatimiz rahbarining Koreya Respublikasiga mazkur davlat tashrifi davomida ko‘plab sohalar qatori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir hujjatlar qabul qilindi.

Bugungi kunda jahonda yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislar 2020-yilda bu ko‘rsatkich 9 foizdan oshishini ta’kidlamoqda. Ayni paytda Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 6,8 foizni tashkil etadi.

Koreya Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ham bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda, barcha jabhalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatiga AKTni tatbiq etish va elektron hukumat tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Sohada qator dasturlar va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘plab xizmatlar ko‘rcatilayotir. Bu jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari texnik va texnologik qayta jihozlanib, interaktiv xizmat ko‘rsatish sifati ortib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kelajakni rejalashtirish vazirligi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Janubiy koreyalik mutaxassislar yurtimizda “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashmoqda.

Toshkent shahrida Inxa universiteti filialining tashkil etilishi bu boradagi hamkorlik ko‘lami va istiqbolining yorqin ifodasi bo‘ldi. Mazkur oliy o‘quv yurtida talabalar dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarish, axborot tizimlari va komputer tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida ta’lim olmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida “Elektron hukumat” o‘quv markazi, O‘zbekiston –Janubiy Koreya axborot texnologiyalari markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2012-yilning oktabrida axborotlashtirish sohasida O‘zbekiston – Janubiy Koreya kengashi o‘z faoliyatini boshladi.

– O‘zbekistonda yuqori texnologiyalar sohasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani sohani yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda, – dedi Koreya Respublikasi Axborot texnologiyalari sanoatini rag‘batlantirish milliy agentligi prezidenti Yun Jong Lok. – Mamlakatingizda erkin va ochiq dasturiy ta’minotdan foydalanishni izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Mazkur forum sohaga oid vazirlik va idoralar, kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ochiq dasturiy ta’minotni izchil joriy etish, texnologik tendensiyalarni yanada rivojlantirish, yangi biznes g‘oyalarini yaratishga xizmat qiladi.

Forumda mehmonlarga mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Janubiy koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, IT-sanoati strategiyasini yanada takomillashtirish, texnologiyalar va infratuzilmalarni rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi.

Tadbirda dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, bu borada Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishga alohida ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi.

Forum ishtirokchilari erkin va ochiq dasturiy ta’minotni joriy etish va jahon tendensiyalari, biznes vakillari bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida yuqori malakali IT-mutaxassislarini tayyorlash borasidagi hamkorlik, AKTni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, mazkur tarmoqning iqtisodiyotni rivojlantirishda tutgan o‘rni kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari, tarmoqda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Manba: O'zA

     13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

     Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Parlament quyi palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar ilgariroq siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi, Qonunchilik palatasining qo‘mitalari majlislarida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilingan edi.

Parlament a’zolari o‘z ishlarini yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama etishdan boshladilar. Ushbu qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi tartibida bir guruh deputatlar tomonidan kiritilgan.

O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Mustahkam qonunchilik bazasi mazkur sohaning samarali rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kun voqeliklari mavjud normalarning takomillashtirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu yangi tahrirdagi huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko‘paytirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu o‘simlik dunyosining turlari tarkibini hamda biologik xilma-xillikning tarkibiy qismi sifatida o‘simlik dunyosining genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish borasidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, qonunning qabul qilinishi o‘simlik dunyosi obyektlarining turlari kamayib borishi yoki yo‘qolib ketishining oldini olish va sabablarini bartaraf etishga, ulardan ilmiy asoslangan holda oqilona va barqaror foydalanilishi hamda takror ko‘paytirilishini ta’minlashga, yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu sohadagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

Majlis qiziqarli bahs tarzida o‘tganligi mazkur huquqiy hujjatni atroflicha muhokama etish imkonini berdi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari so‘zga chiqdilar.

– Ushbu qonunning yangi tahriri atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal- demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi E.Xolbo‘tayev. – Bundan tashqari, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil etishning hozirgi vaqtga qadar ko‘p jihatdan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan mexanizmlarini endilikda qonun hujjatlari bilan samarali tartibga solish ta’minlanadi. Shuningdek, qonun loyihasi biologik xilma-xillikning ajralmas qismi sifatida o‘simlik dunyosining keng ko‘lamli muhofaza qilinishini, vakolatli davlat organlari va muassasalarning ushbu sohadagi faoliyatining oshkoraligini ta’minlaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati katta ahamiyatga ega.

– Shuni ta’kidlash muhimki, mazkur qonunning qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish imkonini beradi va qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi, shuningdek, o‘simlik dunyosining keng ko‘lamda muhofaza qilinishini ta’minlaydi, – deydi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi F.Ibragimova. – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ushbu sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati ham katta ahamiyatga ega. Bu partiyamizning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘ladi. Fraksiyamiz birinchi o‘qishdagi qonun loyihasini konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlashini bildirgan holda ushbu hujjatni ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida o‘simlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olishni takomillashtirish va davlat kadastrini yuritish, kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlarini saqlab qolishga doir talablarni kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohadagi vakolatli organlarning javobgarligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

– Fraksiyamiz davlatning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tartibga soluvchilik rolini mustahkamlash, islohotlarning samaradorligini oshirish uchun izchil harakat qilmoqda, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi A.Tumishova. – Qonun loyihasiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ushbu sohadagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi normalarni kiritish juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur huquqiy hujjatga mamlakatimiz hududida o‘simlik dunyosi obyektlarining savdosini hamda ularni respublikamizga olib kirishni davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutuvchi normalarni kiritish ham muhimdir. Shuningdek, fraksiya havola normalarini qisqartirishga e’tibor qaratdi, bu o‘simlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

– Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosi daxlsizligini ta’minlash, aholi salomatligini saqlash partiyamiz saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi D.Tangirov. – Partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu hujjatni ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida fraksiyamiz qonun loyihasining iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishni, biologik resurslardan foydalanish tartibi va prinsiplarini soddalashtirishni, ushbu sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning mas’uliyatini oshirishni nazarda tutuvchi normalarga alohida e’tibor qaratadi. Qonun loyihasiga o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, o‘simlik dunyosini muhofaza qilishning aniq yo‘llarini hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi o‘simliklarni saqlab qolishga doir talablarni belgilash, shuningdek, o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanishga, o‘simlik dunyosini va u ko‘payadigan joylarni saqlab qolishga qaratilgan biotexnik tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi normalarni qonun loyihasiga kiritish ham muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, bu aholining ekologik madaniyatini oshirishga, shuningdek, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish borasidagi faoliyatda jamoatchilikning ishtiroki kuchayishiga hamda mazkur sohada adolat prinsipini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

– “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘simlik hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalalarining bugungi jamiyat uchun dolzarb ekanligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi, – deydi O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining a’zosi S.Samoylov. – Qonun loyihasida davlat siyosati va boshqaruvining ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlarini belgilashga ko‘maklashadigan yangi huquqiy normalarni mustahkamlab qo‘yish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, bu hujjatda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari, o‘simlik dunyosining noqonuniy ravishda yig‘ilgan va tayyorlangan obyektlarini olib qo‘yish hamda mazkur sohadagi nizolarni hal etish tartibi, yovvoyi o‘simliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va mamlakatimizga olib kirish qoidalari va shartlari aniqlashtirilmoqda. Umuman olganda, qonun loyihasi o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko‘paytirish jarayonlarini qonunchilik darajasida tartibga solishga xizmat qiladi.

So‘ngra deputatlar bir guruh deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama etdilar.

Deputatlar ta’kidlaganlaridek, ushbu huquqiy hujjatning dolzarbligi shundaki, loyiha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida mavjud normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar matnlaridan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijrochilar va aholining tezkor hamda keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgandir. Loyihaning qabul qilinishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini fuqarolarga o‘z vaqtida va to‘liq yetkazish uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratadi, bu esa aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, joylarda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

manba: http://gov.uz/

 

  • Oldingi
  • 1
Page 1 of 2

Biz bilan aloqa

Manzil: Namangan sh, Uychi ko'chasi 316

Mo'ljal: Namangan viloyat hokimligi

Aloqa telefonlari: 0 (369) 227-07-61

Faks: 0(369) 227-01-44

Pochta index: 160119

Web sayt: www.namdu.uz

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Marshrutlar:  18-, 8-, 7- ,4- ,1- , yo'nalishdagi taksilar, 22- avtobus

Batafsil ma'lumot...

Qisqa xabarlar

Hurmatli www.namdu.uz sayti foydalanuvchilari va mehmonlari, sayt moderatorlari hamda NamDU Axborot xizmati bilan savollar va yangiliklar borasida o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz www.namdu.uz saytining ax@namdu.uz elektron pochta xizmatiga murojaat qilishingizni so'raymiz.
www.namdu.uz saytining "Elektron qabulxona" bo'limi to'la qonli ishga tushdi.